Ulama kiprik joizmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ulama soch harom ekanligini bildik. Hozirda ayollarda urf bo‘lgan (suniy) ulama kipriklarning shariatimizdagi hukmi qanday? Ulama kipriklar ulangan holda olingan tahorat bilam namoz o‘qish joizmi? Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kiprik ulash harom sanalmasada, shariatimizda joiz bo‘lmagan ishdir. Ulangan holda olingan tahorat joiz emas. Chunki u yopishtirilgan joyning ostiga tahorat paytida suv tegmaydi. Go‘yo tahoratsiz namoz o‘qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
21 Апрел 2022, 06:44 | Савол-жавоблар | 234 | Turli savollar