g‘usl tahorat o‘rniga o‘tadimi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.Hazrar sizga quydagi savolim bor edi: "Ibodati islomiya" kitobida g‘usl tahorat o‘rniga o‘tadimi degan savolga "ha" deb javob yozilgan ekan,shu to‘g‘rimi?G‘uslning tartibi haqida ham ma‘lumot bersangiz,bu kitobda tartib boshqa kitobdagilarga qaraganda boshqacha berilgan.Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
G‘usl tahoratning o‘rniga o‘tishi to‘g‘ri.G‘USL«G‘usl» so‘zi lug‘atda biror narsaning ustidan suv oqizishni anglatadi. Shariatda esa Alloh taologa qurbat niyatida badanning hammasiga suv oqizishga g‘usl deb aytiladi.G‘uslning shariatimizda vojib qilinishining hikmatlari ko‘p. Avvalo, u ibodat, Allohga qurbat hosil qilish uchun zarur narsa. Ikkinchidan, poklik, ozodalik va sog‘lik uchun o‘ta muhim omil. Qolaversa, g‘uslni vojib qiluvchi narsalar tufayli inson vujudida paydo bo‘ladigan ba’zi nopokliklarni ketkazish, maniy ketishi ila jism yo‘qotgan narsalarni qayta tiklashdir. Jinsiy yaqinlik va ehtilomdan keyin g‘usl qilgan odamda qon yurish yaxshilanadi va tetiklik tiklanadi.Shuningdek, niyat bilan qilingan g‘usl tufayli gunohlar ham yuviladi.Bas, g‘uslning farzi og‘zini, burnini va butun badanini yuvmoqdir.Bu jumladan g‘uslning farzi uchta ekanini anglab olinadi:1. Og‘izni chayqash.Albatta, og‘izni yaxshilab chayqash g‘uslning farzlaridan biri ekanligi hammaga ma’lum. Busiz g‘usl bo‘lishi mumkin emas.2. Burunni chayqash. Burunni yaxshilab, mubolag‘a ila chayish ham g‘uslning farzi hisoblanadi.3. Bandaning barcha erini yuvish. Butun jasadning biror tuki ostini ham qo‘ymay, suv etkazib yuvish ham g‘uslning farzidir.G‘uslning farzligi «Moida» surasidagi:«Agar junub bo‘lsalaringiz poklaninglar», oyatidan oligandir. Bunda yuvish imkoni bor barcha joyni poklash ma’nosi bordir.Alloh taolo yana «Niso» surasida: «Va junub holingizda, to g‘usl qilmaguningizcha (masjidda turmang) magar yo‘ldan o‘tsangiz», degan (43-oyat).Ushbu ikki oyatda og‘iz burun va badanning barchasini yuvish ma’nosi bor.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, har bir tuk tolasi ostida junublik bor. Bas, sochni yuving va jildingizni poklang», dedilar». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.Ushbu hadisning boshqa bir rivoyatida:«Kim junublikdan bir tuk o‘rnini yuvmay qoldirsa, do‘zaxda undoq qilinadi, bundoq qilinadi», dedilar». Ali: «Shuning uchun, boshimni dushman tutdim», deb uch marta aytdi. U sochini qirdirib yurar edi», deyilgan.G‘USLNING SUNNATLARIBas, uning sunnatlari ikki qo‘lini va farjini yuvmog‘i hamda najosatni ketkazmog‘i. So‘ng tahorat qiladi. Ammo ikki oyog‘ini yuvmaydi. Keyin badaniga uch marta suv quyadi. So‘ngra oyog‘ini suv to‘plangan joydan boshqa erda yuvadi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon junublikdan g‘usl qilsalar, avval ikki qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib, farjlarini yuvar edilar. Keyin esa namozga qiladigan tahoratlarini bajarar edilar. So‘ngra suvni olib, panjalarini sochlari ostiga kiritar edilar. Toki, suv yaxshi etganiga ishonganlaridan keyin boshlari ustidan uch hovuch suv quyar edilar. Keyin qolgan jasadlariga suv quyar va oxiri oyoqlarini yuvar edilar». Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun g‘usl qilgani suv qo‘ydim. Bas, u zot ikki qo‘llarini ikki yoki uch marta yuvdilar. Keyin chap qo‘llariga suv quyib turib, jinsiy a’zolarini yuvdilar. So‘ngra qo‘llarini erga surtdilar. Keyin og‘izlarini chayqadilar, burunlariga suv oldilar, yuzlari va ikki bilaklarini yuvdilar. So‘ngra jasadlariga suv qo‘ydilar. Keyin boshqa joyga o‘tib ikki oyoqlarini yuvdilar». Boshqa bir rivoyatda: «So‘ngra boshlarini uch marta yuvdilar», deyilgan. Yana boshqa rivoyatda: «Men u kishiga bir latta keltirgan edim, xohlamadilar va suvni qo‘llari bilan sidira boshladilar», deyilgan.Ikki hadisni Beshovlari rivoyat qilishgan.Sochi o‘rilgan ayol uchun uning ostini ho‘llashi kifoya qiladi.Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Men: «Ey, Allohning Rasuli, men sochimni mustahkam qilib o‘radigan ayolman. Junublik g‘usli uchun uni yoymog‘im kerakmi?» dedim. U zot: «Yo‘q, sen uchun boshing ustidan uch hovuch suv quymog‘ing kifoya qilur. So‘ngra ustingdan suv quyasan. Bas, pok bo‘lursan», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Barcha hujjat va dalillarni sinchiklab o‘rganib chiqqan fuqaholarimiz g‘uslni avvalidan oxirigacha quyidagi tarzda bayon qiladilar.Dastlab, g‘usl qiluvchi shaxs tasmiya aytadi va niyat qiladi. Keyin ikki qo‘lini yuvadi. Keyin orqa oldi farjini yuvadi. Badanida najosat bo‘lsa, o‘shani yuvadi. Keyin xuddi namozga qilgandek tahorat qiladi. Albatta, og‘iz burunni mubolag‘a bilan chayqash bor gap. Agar turgan joyida suv jamlanadigan bo‘lsa oyoqlarini yuvishni keyinga suradi. So‘ngra boshiga suv quyib ishqab yuvadi. Badaniga uch marta suv quyadi. O‘ng elkasidan boshlab suv quyadi. Keyin chap elkasiga. Qo‘li bilan badanini ishqaydi. Ikki qulog‘i, kindigi, qo‘ltiq osti kabi suv etishi qiyin joylariga alohida e’tibor beradi. G‘uslning oxirida boshqa tarafga o‘tib oyoqlarini yuvadi. Suv to‘planmasa, oyoqlarini ham o‘sha erda yuvib olaveradi.G‘uslning odoblari ham xuddi tahoratning odoblariga o‘xshaydi. Ammo g‘uslda qiblaga qarash yo‘q.G‘uslda quyidagi narsalar makruhdir;1. Suvni isrof qilish.2. Suvni o‘ta oz ishlatish.3. Suvni yuziga urish.4. Odamlar gapini gapirish.5. Uzrsiz boshqadan yordam olish.6. Duo qilish.
21 Апрел 2022, 06:44 | Савол-жавоблар | 527 | Boshqa ibodatlar