Zam Zam suvi haqida

Assalomu alaykum muhtaram ustoz!Hayrli ishlaringizda Alloh madadkor bolsin, Alloh sizdan rozi bulsin.Bir tomchi zam-zam suvi tushgan quduqning suvi muqaddas zam zam suviga aylanadimi ?Umuman muqaddas zam zam suvini oddiy suv bilan qancha nisbatda qushish mumkin ?Javobinggiz uchun oldindan rahmat ![’olor=limegreen]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hech bir suvni, jumladan, zam-zamni ham muqaddas deyilmaydi. Siz bergan savollar hech qaerda yo‘q. Bu kabi ishlar odamlarning o‘zlari qilgan ishlardir. Uning shariatga aloqasi yo‘q. Siz etarli darajada kitob o‘qiganingizda bu kabi savollar bermas va xatolarga yo‘l qo‘ymas edingiz. Mening «Hadis va Hayot» silsilasidagi «Haj va Umra» nomli kitobimda bu haqda ma’lumot chiqqaniga ancha bo‘ldi. Ko‘pchilik olib o‘qidi. Siz uchun va boshqa mazkur kitobni o‘qimaganlar uchun o‘sha kitobdan ba’zi ma’lumotlarni taqdim etishga ijozat bergaysizlar.ZAMZAM SUVIDAN IChISh VA OLIB KETIShIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichish uchun Zamzam tutdim. Bas, u zot tik turgan hollarida ichdilar».Osim aytdi: «Ikrima, u zot o‘sha kuni tuyaning ustida edilar», deb qasam ichdi.Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.Muslimning lafzida:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zamzamdan, paqirda va tik turgan hollarida ichdilar», deyilgan.Sharh: Shuning uchun bo‘lsa kerak o‘lkamizda Zamzamni tik turib qiblaga qaragan holda ichish odat bo‘lgan.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«U kishi o‘zlari bilan Zamzam suvini ko‘tarib olardi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning undan ko‘tarib olishlari haqida xabar berardi».Termiziy rivoyat qilgan. va, sahih, degan.Sharh: Xuddi shunga amal qilib bugungi kungacha millionlab musulmonlar Zamzamdan o‘z yurtlariga ko‘tarib olib ketadilar.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir», dedilar».Ibn Moja, Ahmad va Ibn Hibon rivoyat qilgan.Sharh: Ya’ni, Zamzamni kim nima niyat bilan ichsa, o‘sha niyatiga erishadi. Bu haqiqatni ko‘pchilik muxlis kishilar o‘z tajribalaridan o‘tkazganlar. Imom Dora Qutniy va al-Hokimlar keltirgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:«Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir. Uni shifo talabida ichsang, Alloh senga shifo beradi. Uni panoh talabida ichsang, Alloh senga panoh beradi. Agar uni chanqog‘ingni kesish uchun ichsang, Alloh chanqong‘ingni kesadi. Agar uni to‘yish uchun ichsang, Alloh seni to‘ydiradi. U Jabroilning ishorasidir. U Ismoilning ichimligidir», deyilgan.ZAMZAMNING TARIXIZamzamning tarixini o‘rganishni imom Buxoriy o‘zlarining Jome’us Sahih kitoblarining «Bad’ul xalq» bobida rivoyat qilgan hadisi sharifdan iqtibos keltirish bilan boshlaymiz.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Ayollardan birinchi bo‘lib belbog‘ bog‘lash Ismoilning onasi tomonidan bo‘lgan. U Soraga bo‘lgan o‘zining ta’sirini ketgazish uchun belbog‘ bog‘lagan. (O‘sha vaqtda faqat xizmatkorlar belbog‘ bog‘lashar edi. Bibi Hojar bibi Soraning oldida o‘zini u bilan teng kundosh emas, balki uning xizmatkori qilib ko‘rsatish uchun shondoq qilganlar.) So‘ngra Ibrohim uni va uning emizayotgan o‘g‘li Ismoilni olib kelib, baytning o‘rniga qo‘yib ketgan. Zamzam ustidagi katta daraxt ostiga. Masjidning yuqori tarafiga. O‘sha paytda Makkada biror kishi ham, suv ham yo‘q edi. U ikkovlarining oldilariga bir xurmosi bor xalta va suvli mesh qo‘ydi. So‘ngra Ibrohim ortiga qaytib ketdi. Ismoilning onasi unga ergashib:«Ey Ibrohim! Bizni ins ham yo‘q, jin ham yo‘q, biror narsa ham unmaydigan vodiyga tashlab qayoqqa ketmoqdasan?!» dedi. U buni bir necha marta takrorladi. U esa unga o‘grilib qaramas edi. Shunda:«Alloh seni shunga amr qildimi?» dedi.«Ha», dedi.«Undoq bo‘lsa bizni zoe qilmaydi», dedi-da ortiga qaytdi. Ibrohim esa o‘z yo‘lida davom etdi. Qachonki u tepalik yo‘lidan o‘tganida, ular uni ko‘rmaydigan bo‘lganda baytga yuzlanib o‘sha kalimalar ila duo qildi va ikki qo‘lini ko‘tardi: «Ey Robbimiz, haqiqatda, men o‘z zurriyotimdan, Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim», deb aytdi. Ismoilning onasi Ismoilni emizib, haligi suvdan ichib turdi. Meshdagi suv tamom bo‘lganda chanqay boshladi. O‘g‘li ham chanqadi. Unga qarasa, u to‘lg‘anib tipirchilar edi. Unga nazarim tushmasin deb yurib ketdi. U o‘ziga eng yaqin bo‘lgan tog‘ Safoni ko‘rdi. Uning ustiga chiqib, biror kishini ko‘rarmikanman deb vodiy tomon nazar sola boshladi. Hech kimni ko‘rmadi. Keyin Safodan tushdi. Vodiyga etganida ko‘ylagining etagini ko‘tarib qattiq harakat qilgan insondek sa’yi qilib vodiydan o‘tdi. So‘ngra Marvaga keldi. Uning ustiga chiqib, biror kishini ko‘rarmikanman deb vodiy tomon nazar sola boshladi. Hech kimni ko‘rmadi. Etti marta ana shundoq qildi. Ibn Abbos roziyallohu anhu, Payg‘ambar:«Ana o‘sha odamlarni ikkisi orasidagi sa’yidir», dedilar», dedi.U Marvaga chiqqan paytida bir ovoz eshitdi. O‘ziga o‘zi, jim, dedi. So‘ngra quloq osdi. Yana o‘sha ovozni eshitdi. Shunda u:«(Ovozingni) eshitdirding. Agar imkoning bo‘lsa menga yordam ber», dedi. U qarasa Zamzamning o‘rnida farishta turibdi. Tovoni ila yoki qanoti ila izlayapti. Oxiri suv chiqdi. U(Hojar) suvni to‘sa boshladi. Ikki qo‘li bilan bundoq qilib hovuchlab olib, meshga quya boshladi. Hovuchlab olgandan keyin u yana otilib chiqar edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Alloh Ismoilning onasini rahmat qilsin. Agar Zamzamni tek qo‘yganida yoki suvni hovuchlab olmaganida Zamzam ko‘rinib turadigan buloq bo‘lar edi», dedilar. U ichdi va bolasini emizdi. Farishta unga:«Zoe bo‘lishdan qo‘rqma. Bu erda Baytulloh bor. Uni manavi bola va uning otasi bino qiladi. Albatta, Alloh O‘z ahlini zoe qilmaydi», dedi. Baytning o‘rni tepalikka o‘xshash ko‘tarilgan er edi. Sellar kelsa o‘ng va chap tomonlaridan o‘tib ketar edi. Ana shundoq davom etdi.Bir vaqt Jurhumdan yoki jurhum ahli baytidan bir guruh rafiqlar Kadaa yo‘lidan kelib, o‘tib qoldilar. Ular Makkaning past tomoniga tushdilar. Bas, aylanib uchayotgan qushni ko‘rdilar. Ular, albatta. Bu qush suv bor joyda aylanadi, bu vodiyda bilishimizcha suv yo‘q edi, deb bir yoki ikki odamni yubordilar. Ular qaytib kelib suvning xabarini berdilar. Ular borsalar, suv oldida Ismoilning onasi turibdi. Ular:«Sening huzuringga tushishimizga izn berasanmi?» dedilar. «Mayli. Lekin suvda sizlarning haqqingiz yo‘q», dedi. «Xo‘p», dedilar. Bu narsa Ismoilning onasiga yoqib tushdi. U unsi ulfatni xush ko‘rardi. Ular o‘sha erga tushdilar. Ahllariga ham odam yubordilar. Ular ham keldilar. Ulardan bir qancha ahli baytlar bo‘ldi. Bola yigit bo‘ldi. Ulardan arabchani o‘rgandi. U yigit bo‘lib ularning ko‘ziga nafis ko‘rindi, ularga yoqib qoldi. U voyaga etganida uni o‘zlaridan bir ayolga uylantirishdi. Ismoilning onasi vafot etdi». Keyinchalik Jurhum qabilasi Alloh taologa gunoh va Baytullohga hurmatsizlik qilgani uchun. Zamzam suvi quridi va quduqning o‘zi ko‘milib ketdi.Zamonlar o‘tdi. Avlodlar birin-ketin kelib ketdi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalib bir kuni Ka’bai Muazzamaning yonida uxlab yotganida tushida birov kelib:«Tiybani kovla», dedi.«Tiyba nima?» dedi Abdulmuttalib. So‘ngra haligi ovoz egasi g‘oib bo‘ldi. Ertasiga yana o‘sha joyda uxlab yotganida kechagi shaxs tushiga kirib:«Barrani kovla», dedi.«Barra nima?» dedi Abdulmuttalib. So‘ngra haligi ovoz egasi g‘oib bo‘ldi. Ertasiga yana o‘sha joyda uxlab yotganida kechagi shaxs tushiga kirib:«Maznunani kovla», dedi.«Maznuna nima?» dedi Abdulmuttalib. So‘ngra haligi ovoz egasi g‘oib bo‘ldi. Ertasiga yana o‘sha joyda uxlab yotganida kechagi shaxs tushiga kirib:«Zamzamni kovla», dedi.«Zamzam nima?» dedi Abdulmuttalib.«U hech qurimas va yomonlanmas. Ko‘p hojilarni sug‘orur. U tezak va qon bor joyda. Qarg‘a er cho‘qiyatgan joyda. Chumoli bor joyda», dedi.Abdulmuttalib uyqusidan turib borib odamlar hayvonlarini so‘yadigan joyni, hozirgi Zamzam qudug‘i o‘rnini, topdi. U erda qarg‘a er cho‘qib turar, chumoli g‘izzillab yurar edi.Abdulmuttalib o‘sha erni qaziy boshladi. O‘sha paytda faqat birgina o‘g‘li, al-Horisgina bor edi. O‘zi yolg‘iz og‘ir ishni amalga oshirishda juda qiylandi. Lekin bor kuchini ishga solib, tishini-tishiga bosib jon-jahdi bilan er qazidi. Uning uchun bu ishning oxiri ko‘rinishi, suv chiqishi qiyinga o‘xshab ketdi. O‘shanda o‘ziga yordam beradigan o‘g‘illari yo‘qligidan o‘ksidi. Agar Alloh taolo menga o‘n dona o‘g‘il bersa ulardan birini Uning yo‘lida qurbonlik qilaman, deb nazr atadi.Ammo Abdulmuttalib azimatli inson edi. U maqsadi yo‘lida har qanday ishni qilishga, har qanday mashaqqatga dosh berishga odatlangan edi. Shuning uchun ham unga o‘zining yolg‘izligi ham, ishning og‘irligi ham ta’sir qilmadi. Hech bo‘shashmay er kovlashda davom etdi. Qurayshliklar esa, qani nima bo‘lar ekan, deb uzoqdan kuzatib turar edilar. Abdulmuttalib suvni ko‘rganda, «Allohu akbar!» deb takbir aytdi. Qurayshliklar uni o‘z maqsadiga erishganini angladilar. Abdulmuttalib qazishda davom etib quduq atrofidan Ismoil alayhissalomdan qolgan tabarruk narsalarni ham birin-ketin topa boshladi. U har bir narsani topganda takbir aytar edi. Qurayshliklar esa uni yana bir narsaga erishganini bilishar edi. Abdulmuttalib Zamzamni qayta kovlab bitirganidan keyin qurayshliklar unga egalik qilishda sherik bo‘lmoqchi bo‘ldilar. Ular Abdulmuttalibga, «Bu Ismoilning qudug‘i, shuning uchun unga egalik qilishda biz ham senga sherik bo‘lishimiz kerak», dedilar. Abdulmuttalib esa bo‘sh kelmadi. Buni mening o‘zim qazidim, mening o‘zim egalik qilaman, dedi. Qurayshliklar Abdulmuttalibning yaxshiligini bilganlaridan, o‘zlariga ham Zamzamdan foydalanishga ijozat berishiga ishonganlaridan gaplaridan qaytdilar.Darhaqiqat, hammalari Zamzam suvidan ichib, barakasidan bahramand bo‘ldilar. Hammalari bu ishdan xursand bo‘ldilar. O‘zlariga izzat va karomat qaytib kelganidan mamnun bo‘ldilar. Chunki, Zamzam Ismoil alayhissalom, u kishinig otalari Ibrohim alayhissalom va onalari Bibi Hojarlarga tegishli narsa edi. U zotlar esa arablarning faxri edi.Asrlar davomida Zamzam qudug‘iga bir necha bor o‘zgarishlar bo‘ldi. Ulardan ba’zilarini eslab o‘tmog‘imiz mumkin.Xalifa Horun Rashid davrida uni bir necha arshin chuqurroq qilib qazildi. Xalifa Mahdiyning davrida ham shunga o‘xshash ish qilindi.Xalifa Amiynning davrida quduqning chuqurligi qirq arshinga etdi. Xalifa Mu’tasimning davrigacha Zamzam qudug‘ining usti ochiq bo‘lgan. Keyin uning usti yopilgan. Vaqt o‘tishi bilan boshqa o‘zgarishlar ham kiritilgan.Saudiylar davrida ko‘pgina ishlar qilindi va qilinmoqda. Tavof maydonini kengatirish bo‘yicha birinchi ishlar olib borilayotgan 1377 hijriy sanada Zamzam uyini tamoman boshqacha qilindi. Tavof qiluvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida Zamzam uyini er ostiga olindi. Uning ustidan ham tavof qilish yo‘lga qo‘yildi. Quduqning o‘ziga tamin betondan devor qilinib ustiga marmar qoplandi.1399 hijriy sanada, ikkinchi kengaytirish ishlari olib borilayotganla Zamzam qudug‘ining chuqurligi o‘n sakkiz metr, oltmish santimetr edi.Abbosiy xalifalar davrida Zamzam suvini quduqdan tortib olib usti ochiq havzlarga quyilar va ulardan odamlar olishar edi. Keyinchalik suv saqlanadigan omborlarga jo‘mraklar qo‘yildi. Zamzamchilar meshkoblarda odamlarga suv tarqatadigan bo‘ldi. 1383 hijriy sanadan boshlab Zamzamni motorda tortib olish yo‘lga qo‘yildi. Harami sharifning ostiga tortilgan suvni to‘plab, sovutadigan markaz qilindi. O‘sha markaz Marvaning ostida. Markaz va unga tegishli barcha narsalar so‘nggi zamonaviy asbob uskana va komyuterlar bilan jihozlangan. Markazdagi suvga Zamzamning o‘zidan qilingan muz qo‘shiladi. So‘ngra hamma taraflarga tarqatiladi. Hozirda harami sharifning o‘zida etti yuz o‘ttiz uchta jumrakdan suv ichish mumkin. Buning ustiga sakkiz mingta maxsus katta termoslar ham doimiy ravishda Zamzamga to‘lg‘izib turiladi.Ammo Zamzam tarqatish shu bilan kifoyalanib qolmaydi. Harami sharifdan uzoqroq joylarga Zamzamni idishlarda olib ketish uchun markazlar qilingan. Ulardan milyonlab hoji va umrachilar ko‘targanlaricha olib ketmoqdalar. Suv tashish mashinalari tinmay Madinai Munavvaraga va Saudiyaning boshqa shaharlariga Zamzam tashiydilar.Shunchalar ko‘p ishlatilishiga qaramay kichkina bir quduqning suvi hech kamaymasligining o‘zi katta mo‘’jizadir.Oxirgi sel paytida Zamzam mo‘’jizasini ko‘rgan ikki kishining kamina xodimingizga aytishlaricha harami sharifni sel loyqasi qoplaganda Zamzam loyqaning ustida ko‘tarilib pok-pokiza holida otilib chiqib turavergan. Loyqa ko‘tarilsa, Zamzam ham uning ustida ko‘tarilib boravergan. Sel qaytib loyqa pasayganda Zamzam ham uning ustida pasayib-pasayib oxiri o‘z o‘rniga tushgan.Alloh taolo barchamiz Zamzamdan qayta-qayta, to‘yib-to‘yib ichishni va maqsadlarimizga etishni musharraf qilsin! Omiyn!

21 Апрел 2022, 06:45 | Савол-жавоблар | 384 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar