munofiklik
ustoz munofiklikdan kande davolansa bo‘ladi bu kalb illatlaring eng hatarlisi uning muolajasi hakida habar bering iltimos
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Munofiqlik
Har bir banda hazir bo‘lishi lozim bo‘lgan qalb xastaliklaridan yana biri munofiqlikdir. Arab tilida munofiqlikni anglatuvchi so‘zlarning o‘zagi bo‘lmish «nifoq» so‘zi ichi bo‘sh, tashqi ko‘rinishi o‘zgacha narsaga ishlatiladi. Misol uchun, yumronqoziq yoki tulkining uyasiga ham «nifoq» so‘zi ishlatiladi. Chunki, ular ustidan oddiy erga o‘xshaydi, bir tarafdan kirsa, ikkinchi tarafdan chiqib ketaveradi. Hozirgi kunda ajnabiy tillarda «tonnel» deb nomlanayotgan inshootlar ham arabchada «nafaq» deyiladi. Agar bu ma’noni diyniy-aqiydaviy istilohda ishlatmoqchi bo‘lsak, sirtdan musulmonlikni e’lon qilib, ichidan unga loyiq bo‘lmaslikka «munofiqlik» deb aytiladi. Odamlar ko‘z o‘ngida Islom diyniga mansubligini e’lon qilib, hatto ba’zi amallarni ham qilib yuradigan, aslida, e’tiqodi buzuq bo‘lgan kishilar «munofiq» deyiladi. Jurjoniy nifoqni «Ta’rifot»da: «Nifoq til bilan iymonni izhor qilib, dildagi kufrni berkitishdir», deb ta’rif qilgan. Bu «katta nifoq» deb ataladi. Ko‘pgina hadisi shariflarda munofiqlarning alomatlari haqida so‘z yuritilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ r: ثَلاَثٌ إِذَا كُنَّ فِي الرَّجُلِ فَهُوَ الْمُنَافِقُ الْخَالِصُ إِنْ حَدَّثَ كَذَبَ وَإِنْ وَعَدَ أَخْلَفَ وَإِنْ اؤْتُمِنَ خَانَ وَمَنْ كَانَتْ فِيهِ خَصْلَةٌ مِنْهُنَّ لَمْ يَزَلْ يَعْنِي فِيهِ خَصْلَةٌ مِنْ النِّفَاقِ حَتَّى يَدَعَهَا. رَوَاهُ أَحْمَدُ. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: «Uch narsa qay kishida bo‘lsa, xolis munofiq bo‘lur: gapirsa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, xilof qiladi, omonat ishonilsa, xiyonat qiladi. Kimda shu xislatlardan bittasi bo‘lsa, uni tark qilgunicha nifoqdan bitta xislati bo‘ladi». Ahmad rivoyat qilgan. Bunday nifoq amaliy – «kichik nifoq» deb ataladi. Alloh taolo «Niso» surasida: «Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan», degan (145-oyat). Alloh taolo «Tavba» surasida: «Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini va’da qildi. Unda abadiy qolurlar. O‘sha ular uchun etarlidir. Hamda Alloh ularni la’natladi. Ularga doimiy azob bordir», degan (68-oyat). Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu: «Bugungi munofiqlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlaridagidan yomondir. Chunki, ular munofiqlikni maxfiy qilardilar, bular esa, oshkora qilmoqdalar», degan ekanlar. Munofiqlikning zararlaridan: 1. Alloh taolo munofiqning amalini qabul qilmaydi. 2. Munofiqning qalbida marazi bo‘ladi. U, musulmonlarga etgan musiybatdan masrur va nusratdan mahzun bo‘ladi. 3. Munofiq baxil bo‘ladi. Molni faqat riyo uchun sarflaydi. 4. Munofiqning e’tiqodi, ilmi va amali zalolatdadir. 5. Munofiq riyokordir. Munofiqlar kofirlardan ham xatarli. Kofirlar bilan bo‘ladigan aloqa va muomalalarda biz ularning kimligini e’tiborga olib, o‘zlariga yarasha ish tutamiz. Munofiqlar esa, sirtdan musulmon bo‘lib ko‘rinadilar. Odamning ichidagini bilib bo‘lmaydi, natijada ularga ham musulmoncha muomala qilishga majbur bo‘linadi. Bu bilan munofiqlar orqali diynga katta zararlar etkazishga imkon yaratiladi. Aynan mana shu holat ularga qiyomat kuni kofirlardan ko‘ra ko‘proq va alamliroq azob berilishiga sabab bo‘ladi. Alloh taolo munofiqlar jahannamning eng qa’ridan joy olishlarini ta’kidlab aytgan. Munofiqlik turli axloqiy raziylatning uyasidir. Riyokorlik, aldamchilik, xiyonat, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, va’daga xilof qilishlar shular jumlasidan. Munofiqlik har bir ummatning jismini titib yuboradigan ijtimoiy kasallikdir. Mo‘min banda nifoq va unga olib boruvchi narsalardan kuydiradigan olovdan qo‘rqqandek qo‘rqishi kerak. Mo‘min kishi katta-kichik nifoqqa tegishli har bir narsadan xuddi yonib turgan dahshatli olovdan qo‘rqqandek qo‘rqishi, unga tushishdan saqlanganidek saqlanishi lozim. Inson Allohning zikrini tez-tez qilib tursa, qalbi yumshaydi, muloyim bo‘ladi, his qilish malakasi oshadi. Agar Alloh tez-tez eslab turilmasa, Qur’on va shariatdan, diyn ta’limotlaridan uzoqlashilsa, inson qalbini mog‘or bosadi, bag‘ri toshga aylanadi. Unga Allohning zikri ham, diyniy ta’limotlar ham ta’sir qilmaydigan bo‘lib qoladi. Mo‘min banda nifoq va uning alomatlarini yaxshi tanib olib, ulardan doimo chetda bo‘lish choralarini ko‘rishi lozim. Jumladan, Allohning zikridan, Qur’on va shariatdan, diyn ta’limotlaridan uzoqlashmasligi kerak.
21 Апрел 2022, 06:45 | Савол-жавоблар | 184 | Turli savollar