Alkogolsiz, quvvat oshiradigan energetik gazlangan ichimlik

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ertalab sahar soat 3-4 larda chiqib ketaman. Kunim deyarli har kun shunday o‘tadi. Tabiiyki, kam uxlayman, chunki ishim shuni taqazo etadi. Shuning uchun: "Flesh ap energiya s kofeinom i taurinom" nomli alkogolsiz, quvvat oshiradigan, energetikli gazlangan, vitaminlashtirilgan hushbo‘y tam berilgan ichimlik ichsa bo‘ladimi? Tarkibi: tozalangan ichimlik suvi, shakar, maza beruvchi asos "energiya" (suv, taurin, tabiiyga mos maza beruvchi- "Tutti frutti", antiokislitel- askorbin kislotasi, kofein, rang beruvchi: shakarli koler va sariq hinolin, vitaminlar: b3, b5, b6, b2, b9 konservant - sorbet kaliy), kislotani rostlovchi - limon kislotasi, konservant - benzoate natriy. Loogr. Shu va shunga o‘xshash alkogolsiz quvvat oshiradigon energetik ichimlik ichsa bo‘ladimi? Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buning zararli ekanini juda ko‘p ta’kilanmoqda. Siz o‘zingiz uchun tabiiy dam olishni tashkil qiling.

21 Апрел 2022, 06:58 | Савол-жавоблар | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar