Zafaron haqida

Assalomu alaykum! Bu savolni berishdan avval, aniq javob topa olmadim. Iltimos zafaron haqida to‘liq ma’lumot beringlar.
1. Zafaron bid’at emasmi?
2. Zafaron haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror bir hujjat bormi? Ya’ni hadis.
3. Zafarondan ruhiy va tana kasalliklariga da’vo topsa bo‘ladimi?
4. Agar bu bid’at bo‘lmasa, zafaronni qanday qilib ishlatish kerak
5. Qanday holatlarda ishlatish noo‘rin?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savollaringizdan bizga tegishli bo‘lgani 2-si ekan.
عن أنس رضي الله عنه قال: (نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يَتَزَعْفَرَ الرَّجُلُ) رواه البخاري
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : Erkak kishilar za’faron iste’mol qilishlaridan qaytardilar".
Hadisdagi qaytariqni ulamolar sharhlab : “Kiyimlarga surtish, va undan tayyorlangan xushbo‘ylikdan fodalanishga ta’luqlidir” deganlar. Tibbiy jihatdan za’faronni ishlatishga shar’an mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam.

21 Апрел 2022, 06:58 | Савол-жавоблар | 196 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar