Nikox kechasi

Assalomu alaykum! Avvaliga bu savolni berish yoki bermaslik xaqida ko‘p ikkilandim, ammo shariyatda uyat yo‘qligi qolaversa payg‘ambarimizga xam ayollar masalalari bo‘yicha murojaat qilishganini o‘ylab savolni berishga qaror qildim. Savolim uchun oldindan uzr so‘rayman. Men turmushga chiqmaganman, ammo yaqinda bir dugonamdan qo‘yida bermoqchi bo‘lgan savolim xaqida eshitib qoldim. Uning aytishicha bizda nikox kechasi kelin va kuyov o‘rtasida ilk marotaba er-xotinlik munosabatlari paytida kelinning qiz bola bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini isbotlash uchun ularning ostiga maxsus oq mato to‘shalishi xamda o‘sha matoga tomgan qiz bola bo‘lganini bildiruvchi qon yoshi katta ayollar xususan yoiz tarafdan kelgan amma-xolalar yoki qaynonasiga ko‘rsatilar ekan. Aytingchi bu ish shar’an joizmi? Axir er-xotin o‘rtasidagi bunday munosabatlar xech kimga aytilmasligi kerakligi xaqida dinimiz ko‘rsatmalari borku. Bundan tashqari bu kiz bilan bir umr yashovchi uning turmush o‘rtog‘i xamda qiz bola ekanligini bilish faqat uning o‘zigagina kifoya qilishi kerak emasmi? Qolaversa, bu narsa yigit kishining o‘zi uchun ayolining o‘sha inson uchun pok saqlagan nomusini begona bo‘lmasada o‘sha ayollarga ko‘rsatish musulmon g‘ururiga tegmasmikan?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi aslida bunday tekshiruvni qilmaslik kerak. Lekin shu ish minglab qizlarni zinodan saqlanishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni e’tibori bilan ma’qulanadi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:10 | Савол-жавоблар | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar