Azon duosi

Assalomu Alaykum. Masjidda azon aytilgandan keyin ukiladigan duoni yozib yuboring, iltimos. Internetda xamma saytlariga kirsam xammasida xar xil yozilgan, balki men yaxshi karamagandirman. Sizlar yuvorsangiz kunglim tok yodlardim.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ :مَنْ قَالَ حِينَ يَسْمَعُ النِّدَاءَ اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلَاةِ الْقَائِمَةِ، آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ، وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ، حَلَّتْ لَهُ شَفَاعَتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًاJobir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim azonni eshitganidan keyin «Allohumma, Robba hazihid da’vatit-taammati vas-solatil qoimati aati Muhammadan al-vasiylata val faziylata vab’ashu maqoman mahmudan allazii va’adtahu», desa, qiyomat kuni unga shafoatim halol bo‘lur», dedilar». Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.Ushbu hadisi sharifda kelgan duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim! Ey ushbu tugal da’vatning va qoim bo‘ladigan namozning Robbi! Muhammadga Vasilani va fazilatni bergin. Hamda uni O‘zing unga va’da qilgan maqomi Mahmudda qayta tiriltirgin».«Vasila» jannatdagi oliymaqom manzila ekanligi hadisda zikr qilindi.«Maqomi Mahmud» – maqtalgan maqom esa Alloh taoloning «Shoyadki, Robbing seni Maqomi Mahmudda qayta tiriltirsa» oyati ila Alloh taolo tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va’da qilingan. Maqomi Mahmud – buyuk shafoat maqomidir.Demak, qiyomat kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf bo‘laylik, desak, azondan keyin ushbu duoni o‘qib yurishimiz kerak bo‘ladi. Boshqa bir rivoyatda «innaka laa tuxliful mii’aad» qo‘shimcha qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 310 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar