Qon chiqmasa taxoratni buzadimi

Assalomu alaykum! Qo‘limga biroz shisha sinig‘i kirib bir tomchichalik ham qon chiqmadi. Tahoratim buzilgan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tahoratni sindiradigan qon o‘z kuchi bilan oquvchi bo‘lishi kerak. Chiqib tashqariga oqib yoyilmasa tahorat sinmaydi. Bunga fuqaholarimiz fiqhiy kitoblarda tikan yoki igna sanchilganda qon chiqsa, lekin oqmasa tahorat sinmaydi deb misol keltirganlar. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:18 | Савол-жавоблар | 194 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar