Rak kasali — davolanish

Assalomu alaykum! Rak kasalini davolashda xozirgi kunda ximioterapiya degan usuldan keng foydalanilar ekan. Bunda odam tanasiga xar-xil kimyoviy moddalar kiritilib, shu moddalar rak xo‘jayralarini ko‘payishini oldini olib, mavjud bo‘lgan rak xo‘jayralarini o‘ldirar ekan. Ximioterapiya odatda kasalning xolatiga qarab, operatsiyadan avval va operatsiyadan keyin o‘tkazilar ekan. Onam rak kasallar, biz o‘g‘illari izlanib, surishtirib, yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan davolanish uchun, kerak bo‘lsa xorijiy shifoxonalarga oborishga tayyorligimizni bildirsak, onam rozi bo‘lmayaptilar. Alloh bergan umrni yashayman, Allohdan shifo so‘rayman, xech qaerga bormayman, xech qanday kimyoviy davolanish olmayman, operatsiya xam qildirmayman deb turibdilar. Biz o‘qillari esa, Allohdan shifo so‘rab, O‘ziga tavakkal qilgan xolda, albatta davolanish xam kerak degan fikrdamiz. Savol:
Ximiyaterapiya usuli bilan davolanish Islom dinimizda ta’qiqlangan emasmi?
Onamni e’tirozlariga qat’iyan turib, tushuntirib, o‘qtirib, davolanishga borishga majbur qilsak, bu ishimiz bilan onamizni norozi qilib qo‘ygan bo‘lmaymizmi?
Davolanish jarayonida onamizga etkazilgan qiynoq va og‘riqlar uchun biz gunoxkor bo‘lmaymizmi? Javoblar uchun oldindan rahmat. Alloh yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Alloh sizni eng oliy mukofotlariga sazovor qilsin! Hurmat bilan Nodirbek.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu usul ta’qiqlangan emas. Onangizga tushuntirib ko‘ring, qabul qilsalar qildiringlar, rozi bo‘lmasalar o‘z ixtiyoriga qo‘yinglar. Gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:18 | Савол-жавоблар | 155 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar