Mening va o‘zganing haqqi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, ancha yillardan beri savdo yo‘nalishida ishlayman. Savdoda doimgi xaridorlarga ishonib molning pulini olmasdan berib yuboraman. Bergan mollarimning deyarli hammasini puli qaytib keladi. Gohida ba’zi xaridorlar na molni va na pulini qaytarib berishmaydi. Albatta bu birovning haqqiga xiyonat hisoblanadi. Savolim, ana shunday xaridorlar uchrab qolsa va shunday ish qilishsayu haqdor odam haqqini kechib yuborsa,  haq egasining savdoda o‘zi ham bilmagan holda birovning haqqiga xiyonat qilgan bo‘lsa, kechib yuborganligi sababli o‘zida qolgan xaq bo‘ynidan soqit bo‘ladimi yoki faqat savob yoziladimi? Savolim noto‘g‘ri bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Faqat savob yoziladi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:18 | Савол-жавоблар | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar