Xanafiylik mazxabining boshka mazxablardan farklari
Asssalomu alaykum shayx xazratlari. Bergan savollarimga javob berganingiz uchun sizga katta raxmat. Allox sizdan rozi bulsin. Sizdan Xanafiylik mazxabining boshka mazxablardan farklari xakida suramokchiman. Javob uchun oldindan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulkan ilm sohibi bo‘lmish Imom Abu Hanifa o‘z mazhablarini bino qilishda Qur’oni Karim, sunnati nabaviya, ijmo’, qiyos, sahobalarning qavllariga suyanadilar. Hukmlarni chiqarishda qiyos va istehsonga boshqalardan ko‘ra ko‘proq murojaat qildilar.Ulamolar bu haqda u kishining o‘z so‘zlarini iqtibos qilib keltiradilar «Men avvalo hukmni Allohning kitobidan olaman, undan topmasam Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning sunnatlaridan olaman. Agar ham Allohning kitobida, ham Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallamning sunnatlarida topa olmasam, sahobalarning gapidan boshqanikini olmayman. Gap Ibrohim, Sha’biy, Ibn Siriyn va Ibn Musayyiblarga etganda, o‘zim ularga o‘xshab ijtihod qilaman», deganlar.Ba’zilar Abu Hanifa qiyosni zaif hadisdan ustun qo‘yadi, deyishgan. Lekin, aslini olganda, unday emas ekan. Ulamolar bu masalani ham o‘rganib chiqishgan va Imom A’zam zaif hadisni qiyosdan ustun qo‘yadi, degan xulosaga kelganlar. Bunga misollar ham keltirganlar: «Namozda qahqaha bilan kulsa tahorat ketishi haqidagi hadis zaif bo‘lsa ham, Abu Hanifa uni qiyosdan ustun qo‘yib qabul qilganlar».Imom Abu Hanifaning o‘zlari bu haqda «Allohga qasamki, kim bizni qiyosni nass (ya’ni, hadisdan) ustun qo‘yadi desa, yolg‘on aytibdi va bizga tuhmat qilibdi. Nass bo‘lgandan keyin qiyosga hojat qolar edimi?!» deydilar.Imom A’zam o‘z mazhablarida doimo musulmonlarga engillik bo‘lishining tarafdori sifatida ijtihod qilganlar.Kezi kelganda yana bir mulohazani aytib o‘tmoqchiman. Hamma, hatto Abu Hanifa rahmatullohi alayhining muxlislari ham u kishini ra’y, ya’ni fikriy fiqhni asoschisi deyishadi va hadisni ko‘p ishlatgan imomlarga muqobil qo‘yishadi. Xuddi boshqa imomlar hadisdan hukm chiqarishganu, Imom A’zam esa fikrlaridan chiqarganga o‘xshab qoladi. Menimcha bu xato fikr. Bunga Imom A’zam yashagan sharoit va boshqa omillar sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. Misol uchun Imom Molik umuman boshqa sharoitda yashab, ijod qilganlar. U kishi Madinai Munavvarada, hadis ilmining markazida yashaganlar. Shuning uchunmi har bir fiqhiy masala aytganlarida, unga qo‘shib hadisdan uning dalilini ham aytganlar. Imom Molikning «Muvatto» kitoblarida hadis va fiqhiy boblar bo‘lib-bo‘lib keltirilgan. Imom A’zam o‘zlari ajam bo‘lganlar, asosan arabmas xalqlar bilan yashaganlar, ehtimol yana boshqa omillar bo‘lgandirki, u kishi fiqhiy hukmni aytib, o‘z so‘zlari bilan ifoda qilganlaru, ortidan unga dalil bo‘lgan hadisni zikr qilmaganlar. Hanafiy mazhabiga oid fiqhiy kitoblarni mutoala qilgan har bir kishi buni darhol tushinib etadi. Ammo Ali Qorining «Muxtasari viqoya» kitobiga yozgan «Sharhi Niqoya» nomli asarini o‘qigan odam Hanafiy mazhabida aytilgan har bir gapning oyat va hadisdan dalili bor ekaniga ishonch hosil qiladi.Ali Qori rahmatullohi alayhining mazkur kitoblarida hanafiy mazhabiga qilingan yuqoridagi to‘hmatga ilmiy asosda javob berilgan. U kishi hanafiy mazhabi ulamolari haqida so‘z yurita borib quyidagilarni yozadi:«Bilki, bizning ulamolarimiz rahmatullohi alayhim boshqalardan ko‘ra sunnatga ko‘proq ergashadilar. Chunki ular mursal (roviy sahobiyning nomi tushib qolgan) hadisni qabul qilishda salaf ulamolariga ergashganlar. Ular mazkur hadisni musnad kabi deb e’tiqod qiladilar. Sahobalarning mursallarini qabul qilishga barcha nizosiz ittifoq qilgan bo‘lsalar ham. Tabariy, ulamolar mursalni qabul qilishga ijmo’ qilganlar. Ikkiyuzinchi sananing avvaligacha bunga ulardan birortasi ham xilof qilmagan, degan. Roviy o‘sha (birinchi xilof qilgan) kishi Shofe’iy bo‘lsa kerak, dedi. Bunga hofiz Abu Amr ibn Abdulbarr ham o‘zining «Tamhid» nomli asarida ishora qilgan. Bas, kim bizning ashoblarimizga sunnatga xilof qilishni va ray’ va qiyosga e’tibor berishni nisbat bersa, batahqiq, ulkan xato qilgan bo‘ladi. Chunki bizda sahobiyga to‘xtagan hadis qiyosdan ustindir. Shuningdek, zaif hadis ham. Bas, kim zikr qilingan narsalarda bizga xilof qilsa, bu uning fosid fikridan va kasodga uchragan qiyosidandir».Ali Qori rahmatullohi alayhi bahslarining davomida yana qo‘yidagilarni yozadi:«Bizning avvalgi ashoblarimiz o‘z kitoblarida sunnatdan dalillarni zikr qilish, ular haqida bahs qilish, sahih, hasan va zaifini ajratishda bardavom bo‘ldilar. Bundoq olimlarga Tahoviy, Abu Bakr Roziy, Quduriy va boshqalar misol bo‘la oladilar.Ashoblarimizdan keyingi davrda kelganlari bu ishda kamchilikka yo‘l qo‘ydilar. Ular avvalgi o‘tganlarning ishlariga suyanib (hujjat va dalillarni zikr qilmay) qoldilar. Oqibatda ularga sunnat va shariatni chetlash nisbati berildi. Biror kishiga ashoblarimizni mazkur yomon xislat ila ayblash halol emas». Hozirgi kunimizda pokistonlik ulamolardan Alloma Zafar Ahmad Usmoniy o‘zlarining ustozlari ulug‘ olim samohatli shayx Ashraf Ali Tahonaviyning ko‘rsatmalari ila «E’loous Sunan» nomli yigirma bir jildli kitobni yigirma yil davomida yozib tugatdilar. Bu kitob ulkan mehnat samarasi o‘laroq Hanafiy mazhabidagi fiqhiy masalalar hadislar asosida echilganini isbot qilibgina qolmay, hadisdan foydalanishda boshqa mazhablardan ustun ekanini ham isbot qildi. Abu Hanifa rahmatullohi alayhiga til tekkizayotganlar avvalo mazkur ikki kitobni o‘qib so‘ngra gap boshlasalar yaxshi bo‘ladi.Alloh taolo o‘tgan ulamolarimizning barchasini, jumladan, Imom A’zamni rahmat aylasin. Qolganlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, o‘zi adashtirmasin.
21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 202 | Dolzarb savollar