Bu holatda taloq bormi?

Assalomu alaykum! Uztozlar, sizlarni bezovta qilganim uchun uzur. Savolim shunday, bir kuni televizor ko‘rib o‘tirib ayolim bilan aytishib qoldik, shunda ayolim ketaman deb qoldi men bolalaringni tashlab qayoqqa ketasan dedim u ketaman dedi shunda men ketsang ket 4 tarafing qibla deb aytdim. Oradan vaqt o‘tib imom domladan maslaxat so‘radim u kishi taloq bor dedi, men boshqa masjidga borib so‘radim u erdagi domla o‘sha gap aytilgan vaqtdagi niyatga bog‘liq, taloq niyatida aytgan bo‘lsangiz taloq bor, taloq niyati yo‘q shunchaki aytgan bo‘lsangiz taloq yo‘q deb aytdi. Alloh guvox o‘sha  so‘z aytilgan vaqt niyatim qanday ekani esimda yo‘q, bu voqeadan ancha oldin ayolim  jonimga tegdi ajrashaman degan xayolim bor edi. lekin o‘sha vaqt niyatimni bilmayman. Xullas men niyatim taloq yo‘q edi deb o‘zimni ishontirib xozirgacha yashab yuribman, lekin shu voqeadan keyin oilaviy axvolim o‘zgardi uydan sekin baraka keta boshladi, turmushim yani pul topishim qiyinlashdi, iymonim suslashdi oxiri shu darajaga keldi men rizq topish yo‘lida 5 vaqt namozimni tashlab qo‘yyabman, bundan vijdonim qiynalmayabdi, oldin 1 vaqt namozni qoldirsam vijdonim qiynalib istig‘for aytardim, endi u narsa yo‘q. Allohga qasam men hozir qaytish niyatida yuribman, qaytaman ham Alloh nasib etsa. Men bu voqealarni hammasini o‘sha 4 tarafing qibla degan so‘zga bog‘layabman. Shunda taloq tushgan men esa nikoxsiz shuncha yil yashab yuribmanmi degan xayol meni ezib yubordi. Savol: O‘shanda taloq tushganmi?
2).  Yana nikoh o‘qitsam bo‘ladimi?
3). Ayolim bilan bizni 1 taloq haqqimiz qolgan edi, ya’ni yoshlik qilib turmushimizni boshida 2 martaba taloq qo‘ygan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taloqni niyat qilingan bo‘lsa, taloq tushadi. O‘zingiz 3-savolingizda aytganingizdek oraga uch taloq tushibdi. Bu bilan qayta birga yashay olmaysizlar. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar