Meros va hadya
Assalomu alaykum! Men buvam ya’ni adamni adasi bilan yashayman. Buvamni 3 o‘g‘il va 2 qizlari bor. Buvam menga «men bolalarimni xammasini uy-joy bilan ta’minlaganman. Bu uy senga» deb uyni menga notariusdan xadya shartnomasi orqali rasmiylashtirib berdilar. Buvamni aytishlaricha bu uy ularga onalaridan meros qolgan ekan. Mabodo buvamni vafotidan keyin ularning boshqa farzandlari ya’ni amma va amakilarim «bu uyda bizni xam ulushimiz bor» deb unga davo qilishsa to‘g‘ri bo‘ladimi? Chunki qonunan uy meni nomimga o‘tgan, qonunan bunga haqlari yo‘q, lekin shar’an haqlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sizga hadya qilish hisoblanadi, hadya to‘liq bo‘lishi uchun hadyani beruvchi oluvchiga to‘liq topshirishi shart. Fuqaholar “Buning uchun hadya qiluvchi uyni hadya qilayotganida uydan ko‘chaga chiqib, “mendan qabul qilib oli” desa, oluvchi “qabul qildim” desa, o‘sha narsa hadya oluvchining mulkiga o‘tadi” deganlar. Shunda bobo vafotidan keyin boshqalarning merosdan ulushi qolmaydi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 137 | Oila va turmush