Abdulloh Bin Bayyah haqida

Assalamu Aleikum ustoz,Avval Habib Al-Jifriy hazratlari haqida savolga javob olib ancha hursand bo‘ldik, sizga katta tashakkur.Abdulloh Bin Bayyah haqida ko‘p eshitib qolyapmiz.Shu kishi haqida sizda biror ma‘lumot bormi?Savolim o‘rinsiz bo‘lsa sizdan uzr so‘rab,Hurshid.Amerika Qo‘shma Shtatlari.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U kishi mening yaqin tanishim. Asli Mavritaniyalik. Vazir bo‘lgan. Hozir Juddada yashaydi. Ko‘pgina fiqh akademiyalarining a’zosi. Taqvodor va ahli fazl odam. Kitoblari ko‘p. Chet tillarni bilgani uchun ko‘proq g‘arb diyorlaridagi musulmonlarga oid masallarni o‘sha kishiga havola qilinadi.

27 Май 2022, 05:54 | Савол-жавоблар | 183 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar