Zino va zinokorni o‘ldirishning hukmi?
Assalomu alaykum Shayh xazratlari! Sahifalarni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz «Fohishani qatl qilish mumkinmi?» - degan savol bilan yordam so‘rab murojaat qilgan edim. Birodarlardan ko‘p javoblar oldim, hammaga rahmat. Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Berilgan javoblarning barchasi bir taraf, ya’ni «qatl mumkin emas». Lekin bir hadisni o‘qib miyamda bir-biriga zidlik paydo bo‘ldi. Hadislarni o‘qib bir xulosa bersangiz, shoyad bu zidlik aniqlikka erishsa. Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasidan bir kishi Janob Rasulullohning huzurlariga kelib zino qilib qo‘yganligini e’tirof etdi. Janob Rasululloh nafratlanganlaridan yuzlarini o‘girib oldilar, hatto ul o‘ziga to‘rt dalil keltirishiga to‘g‘ri keldi. Shundagina Janob rasululloh: «Jinnilik darding yo‘qmidur?» - dedilar. Ul:«Yo‘q», - dedi. Janob Rasululloh: «Uylanganmisan?» - dedilar. Ul «Ha»,- dedi. Janob Rasululloh amr qildilar, uni namozgohga olib chiqib toshbo‘ron qilishdi. Birinchi tosh tegishi bilanoq qochib qolgan edi, etib olib o‘lguncha toshbo‘ron qilindi. Keyin Janobi Rasululloh oxirati baxayr bo‘lsin deb unga o‘zlari janoza o‘qidilar». Ibn abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar bunday deb aytdilar: «Men qo‘rqamanki, zamonlar o‘tib odamlar: «Alloh taoloning kitobidan rajm(toshbo‘ron qilmoq) haqida hech gap topmadik»- deb razolatga yuz tutib, Alloh taolo nozil qilgan farzni bajarmay qo‘ymasalar erdi! Rajm har bir zino qilgan odamga - xotini bo‘la turib zino qilganga ham, zino qilganligi isbotlangan shaxsga ham yo kim birovdan homila orttirgan yohud zino qilganini o‘zi e’tirof qilganga ham beistisno qo‘llanmog‘i zarurdur!». «Axir, rasululloh sollallohu alayhi vasallam ermasmi erdilar, ul zotdan keyin biz ham rajm qildik-ku?!»- deb aytganlarini shundoqqina yodlab qolganmen»,- deydilar. Manba: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy. Hadis, Al-ja‘mi as-sahix(IV). Toshkent 1992. Qomuslar bosh tahririyati. (301-304 betlar)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
TURLI MASALALARIslom zinoga qarshi murosasiz choralarni ko‘rib qo‘ygan. Bunda, eng avvalo, insonlarni yoshlikdan Allohdan qo‘rqish, qiyomat kuni mas’uliyatini his etish, halol-pok yashash ruhida tarbiyalaydi. Qolaversa, zino harom ish, katta jinoyat ekaniga urg‘u berib, har bir odam farzandini undan uzoqda bo‘lishga da’vat qiladi.Islom erkak va ayollarga shahvatlarini qondirishning halol yo‘li bo‘lgan nikohni qattiq targ‘ib qiladi va uning ro‘parasidagi har qanday to‘siqlarni olib tashlaydi, osonlik bilan nikohli bo‘lish yo‘llarini tayyorlaydi. Hattoki, qul va cho‘rilarning ham nikohsiz yurmasliklariga alohida e’tibor beradi.Shu bilan birga, Islom zinoga olib boradigan barcha yo‘llarni berkitadi. Misol uchun, ayollarni ochiq-sochiq holda yurib, jamoli va qomati bilan erkaklarning shahvatini qo‘zg‘atmaslikka buyuradi. Nomahram erkak va ayollarning aralash-quralash bo‘lib yurishlarini man qiladi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, agar bir nomahram erkak va xotin yolg‘iz qolsalar, uchinchilari shayton bo‘ladi, deganlar. Ya’ni, ularni yo‘ldan urib, zinoga boshlashi mumkin. Shuningdek, Islomda erkaklarning ham, ayollarning ham nomahramlarga shahvat nazari ila qarashlari harom qilingan. Binobarin, fahsh gap-so‘zlar, hikoyalar va qissalar ham man etilgandir.Shuncha omillarni bosib o‘tib, yana zinoga yurishni o‘ziga ep ko‘rgan insonning insonligi qoladimi? Uning boridan yo‘g‘i yaxshi emasmi?! Bunday odamlar insoniyat tanasiga tushgan qorason kasaliga o‘xshaydi. Ular asta-sekin tanani halokatga olib borishlari aniq-ku! Butun tanani halok qilgandan ko‘ra, qorason kasali tekkan a’zoning o‘zini kesib tashlagan ma’qul emasmi?Albatta, ana shunday qilgan ma’quldir.Oila qurgan, nikohda bo‘lgan erkak va ayollar arab tilida «muhson» deb ataladi, ulardan zino qilganlarni toshbo‘ron qilish jazosi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan sobit bo‘lgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘pgina hadislarida nikohda bo‘lib, oilaviy turmush qurgan kishilar tomonidan zino sobit bo‘lsa, ularni toshbo‘ron qilishga hukm chiqarganlari, hukmning ijrosida o‘zlari ham ishtirok etganlari aytib o‘tilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan keyin sahobalar va musulmonlarning barcha avlodlari bu hukmga og‘ishmay amal qilib kelganlar. Bu haqdagi hadislar va qissalar o‘rni bilan zikr qilinadi.Demak, harom yo‘l bilan sodir etilgan jinsiy yaqinlik shar’iy-qonuniy ta’rifga to‘g‘ri kelgandagina zino hisoblanib, uni sodir etgan shaxs uylanmagan bo‘lsa, yuz darra urish, uylangan bo‘lsa, toshbo‘ron jazosiga tortiladi. Shu o‘rinda, jinsiy jinoyat qilgan-u, ammo ta’rifga mos kelmaydigan bo‘lsa, nima qilinadi, degan savol tug‘iladi.Bunday holatlarda ta’zir beriladi. Ya’ni, har bir zamonning musulmon hokimi sharoitga, mavjud holatga qarab, ta’zirli jazo belgilaydi. Agar darra urish bilan ta’zir bermoqchi bo‘lsa, o‘n darradan oz bo‘lishi kerak. Chunki Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «O‘n darradan ko‘p urilmaydi. Magar Allohning haddi (belgilagan jazosi) bo‘lsagina uriladi», deganlar. Ta’zir banda tomonidan belgilanadigan jazo bo‘lgani uchun o‘n darradan oshmasligi kerak.Shuningdek, zinoga belgilangan jazo bu jinoyatni ixtiyoriy ravishda sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Zo‘rlangan ayolga jazo berilmaydi. Islomda umuman majbur qilish orqali sodir etilgan jinoyatlar uzrli hisoblanadi.Imom Termiziy Voil ibn Hajardan quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida bir ayol namozga kelayotganida, bir erkak yo‘lini to‘sib, uni zo‘rladi. Xotin dod soldi. Erkak qochib ketdi. Bir guruh muhojirlar etib kelishgan edi, ayol, anavi odam meni unday qildi, bunday qildi, deb aytib berdi. Erkakni tutib keltirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolga: «Sen ketaver, Alloh seni mag‘firat qildi», dedilar. Uni zo‘rlagan erkakni esa, toshbo‘ron qilishga buyurdilar».Eri yo‘q ayol homilador bo‘lib qolsa ham, zino qilgan deb hisoblanmaydi. Unga darra urilmaydi, toshbo‘ron ham qilinmaydi. Modomiki o‘zi iqror bo‘lmasa yoki guvohlik ila isbot qilinmasa, uni zinokor deyishga izn yo‘q. Garchi ersiz ayolning homilador bo‘lishining o‘zi kuchli dalil bo‘lsa ham, lekin mingdan bir ehtimol bilan uning bachadoniga nutfa zinodan emas, boshqa sababdan tushib qolganligi gumoni ustun qo‘yiladi.O‘zining mahramlari bilan zino qilgan odamni hukumat qattiq ta’qib qiladi. Imom Abu Hanifa roziyallohu anhu: «Bunday kishilarga zinokorning jazosi beriladi. Agar mahramini nikohlab olgan bo‘lsa, alamli azob-la azoblanadi», deganlar.Bularning hammasini bilganimizdan keyin bugungi kunimizga o‘tamiz. Bugungi kunimizda turli sabablarga binoan zinokorni qatl qilishga amal to‘xtagan. Ya’ni, musulmonlar bunga amal qilmay qo‘yganlar. Shuning uchun bugun boshqa yurtlarda ham bu savolga, hozir amal yo‘q bo‘lgani tufayli zinokor tavba qiladi degan javob beriladi. Ko‘proq bu savolni zinokorlar berishadi. Bu kabi hukmlarni hukumatlar amalga oshirishi kerak. Har kim o‘zicha qilishga ruxsat yo‘q. Shu sababdan yuqorida aytilgan vaziyat yuzaga kelgan.
21 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 247 | Halol va harom