Chaqaloqqa ba’zi ismlarni qo‘yish haqida (Muhim)
Yaqin do‘stim yaqinda o‘g‘il farzand ko‘rdi va unga "Abdulloh" deb ism qo‘ymoqchi edi. Lekin oiladagilari qarshilik ko‘rsatib unga "Saida‘zamxon" deb ism qo‘yishdi. "Saida‘zamxon" ismning ma‘nosi nima? Chaqaloqqa bu ismni qo‘yishning shariatdagi hukmi qanday?Ko‘plab olimlar Jahongir, Shohjahon, Shohsanam va boshqa shunga o‘xshash ismlarni qo‘ymaslikka chaqirishadi. Garchi bu ismlarda Allohning biz bilgan 99 sifati bo‘lmasada, ismlarning ma‘nosida Allohga xos bo‘lgan ma‘no yotgani uchun bu ismlarni qo‘ymaslik afzal deyishadi. Iltimos, shu ismlar haqida fikr bildirsangiz.Oxirgi paytda aynan shu ismga o‘xshagan ismlar ko‘payib ketmoqda. Chiroyli ism qo‘yish bolaning ota oldidagi xaqqi bo‘lgani uchun, barcha musulmonlar bu haqida ma‘lumotga ega bolishlari va atrofidagilarini bunga chaqirishlari kerak.Keyin, agar shu savollarga javon berilgan bo‘lsa iltimos linkini bersangiz. "Qidirish" orqali izlab ko‘rdim lekin Sizdan bo‘lgan javobni topaolmadim.javobiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
«Sayyid A’zamxon» ikki so‘zdan iborat ism Sayyid – ulug. Ko‘prok Paygambarimiz alayxissalom sulolariga tegishli kishilarning ismi avvaliga ko‘shiladi. A’zamxon deganida «xon» xam ko‘shimcha. A’zam esa ulugrok degani. Albatta, «Abdullox» ismi eng yaxshi ism.«Jaxongir» forscha ism bo‘lib «Jaxonni oluvchi» degani. «Shoxjaxon» jaxonning shoxi degani. Shoxsanam – Shoxning ma’nosi anik. Sanam – yuzi odamsifat but.Ismlar xakida kitoblar chikkan olib o‘kisangiz bilim xosil kilasiz.
21 Апрел 2022, 07:34 | Савол-жавоблар | 176 | Oila va turmush