Kup yillik kazo ruzasi
Assalomu alaykum! Muxtaram shayx janoblari! Siz kup yillik kazo kilingan namozlarni, xar farz namozilaridan sung, bir martadan ukisa, asta sekinlik bilan, ogirligi tushmay uzish mumkinligi xakida maslaxat bergansiz. Endi gap kup yil tutilmay kolgan ruza xakida ketganda, deylik 20 yillik, bizga kanday yul tutib bu karzlarni ado etish afzal buladi ? Xar Bir kuniga Oltmish kun tutadigan bulsa, insonning kolgan umri etmay kolishi mumkin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
QAZO VA KAFFOROT VOJIB BO‘LADIGAN HOLATLAR Kim jinsiy yaqinlik qilsa yoki uning ikki yo‘lidan biriga yaqinlik qilinsa, ro‘zasi buziladi. Bunda maniyning nozil bo‘lishi yoki bo‘lmasligining e’tibori yo‘q. Erkaklik olatining bosh qismi ikkinchi tarafning oldi yoki orqa yo‘liga kirsa bo‘ldi. Qasdan g‘izo yoki davo bo‘ladigan narsani esa yoki ichsa ham ro‘zasi buziladi. Albatta, mazkur eb-ichishlar Ramazon kunduzida sodir bo‘lsa. Bu holatlarda qazosini tutadi va xuddi zihor qiluvchi kabi kafforotni ado qiladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Halok bo‘ldim, ey, Allohning Rasuli!» – dedi.«Seni nima halok qildi?» – dedilar.«Ramazonda xotinimning ustiga chiqdim», – dedi.«Qul ozod qilishga narsa topa olasanmi?» – dedilar.«Yo‘q», – dedi.«Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olasanmi?» – dedilar.«Yo‘q», – dedi.«Oltmish miskinga taom berishga narsa topa olasanmi?» dedilar.«Yo‘q», dedi. So‘ngra kutib o‘tirdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bir zanbil xurmo keltirildi. Ul zot (haligi odamga):«Mana buni sadaqa qilib yubor», – dedilar.«Ey Allohning Rasuli, bizdan ko‘ra faqiyrroqqami? Allohga qasamki, u(Madiyna)ning ikki chetining orasida bizdan ko‘ra muhtojroq ahli bayt yo‘q», – dedi.Bas, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kuldilar, hatto tishlarining oqi ko‘rinib ketdi. So‘ngra:«Bor! Uni ahlinga taom qilib ber», – dedilar. Beshovlari rivoyat qilishgan. Ro‘zasini buzgan ro‘zador kafforot berishi vojibligi shu hadisdan olingan. Eng avval kafforot qul ozod qilish bo‘ladi. Kafforot berish vojib bo‘lgan odam qul ozod qilishga qodir bo‘lmasa, ketma-ket, orasini uzmay oltmish kun ro‘za tutishi lozim. Ramazon ro‘zasini tutish davrida sabrsizlik qilgani sababli, sabrli bo‘lishga tuzukroq odatlanib olishi uchun. Ramazonda qasdan ro‘zasini ochib yuborgan odam, ikki oy ketma-ket ro‘za tutishga qodir bo‘lmasa, oltmish miskinga taom beradi. Har bir miskinga bir mudd (1843 gramm) miqdorida taom beradi. Bu esa, o‘z navbatida gunohkor kishining gunohini yuvishga imkon yaratib berish bilan birga, miskinlarga yaxshilik qilish yo‘li hamdir. Jumhur ulamolari: «Jinsiy aloqada qatnashgani uchun ayol kishi ham kafforot beradi», deganlar.Kafforotni ado qilish Ramazon farzini ado qilishni qasddan buzganda vojib bo‘ladi. Boshqasida vojib bo‘lmaydi. Agar Ramazonning qazosini yoki boshqa ro‘zalarni qasdan buzsa ham kafforot vojib bo‘lmaydi. Kafforot Ramazonning hurmatini oyoq osti qilgani uchun vojib bo‘ladi. Siz aytgan kabi yigirma yillik qazosi bo‘lsa, bir kun o‘rniga bir kun qazo tutadi va kafforatga miskinlarga taom berishni yo‘lga qo‘yadi.
21 Апрел 2022, 07:34 | Савол-жавоблар | 162 | Ro‘za