Nikoh to‘g‘ri bo‘lganmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Meni bir qori akaning gaplari qiynamoqda. U kishi “nikoh o‘qilyotgan paytda guvoh namozxon bo‘lmasa, nikohi nikoh bo‘lmaydi” dedilar. Men qayta o‘qitishim kerakmi? Shuncha payt zinodamidik, deb qo‘rqib ketyapman. Iltimos, shunga oydinlik kiritib bersangiz. Alloh rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Namozxon guvoh bo‘lishi yaxshi. Namoz o‘qimaydigan odamni bilmay guvoh qilgani uchun nikoh buzilmaydi.

26 Май 2022, 17:57 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar