Bir hadis sharhi

Assalomu alaykum! Bir joyda quyidagi hadisni o‘qigandim.Bir kuni Jabroil alayxissalom Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam oldilariga kutilmaganda ranglari uzgarib keldi.Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam:- Sizga nima buldi, rangingiz uzgargan? - deb suradilar.Jabroil alayxissalom dedilar:- Ey Muxammad, xozir men Allox taolo duzaxning " ut yokuvchisiga " ut yokishni buyurgan vaktda sizning oldingizga keldim. " Jaxannam " xakdir, " Olov " xakdir, " Azob " xakdir. Alloxning azobi kattikrokdir deb bilgan odam,ulardan omonda bulmaguncha kuzi kuvonmasligi kerak.Shunda Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam:- Yo Jabroil,Jaxannamni " Sifatlab " bering, - dedilar.Jabroil alayxissalom:- Xa albatta, Allox jaxannamni yaratganda Ming yil kizdirildiki, Kizil buldi. Yana Ming yil kizdirildi,Ok buldi. Yana Ming yil kizdirildi, Kop kora buldi. Bu koralik - korongulikdir. Uning issigi uchmaydi,chuglarisunmaydi.- Sizni yuborgan Zotga kasamki, agar undan igna teshigiday teshik ochilsa,dunyo axli uning issikligidan yonib ketgan bulardi. Sizni xak bilan yuborgan Zotga kasamki, agar duzax axli kuylaklaridan biri Osmon va Er orasiga osib kuyilganda edi, uning sassikligidan va issikligidan butun Er axolisi ulib ketgan bulur edi.Agar Allox Uzining Kitobida zikr kilingan bir kuloch duzax zanjiri togning ustiga kuyilsa,u erib ketadi va Er etti bulakka ayriladi. Agar kishi Magribda jazolansa,Mashrikda turgan kishi unga berilgan Kattik azobdan yonar edi. Uning isi kattikdir. Kari juda chukurdir,bezagitemirdandir,ichkiligi yiringdir,kiyimlari olovdan. Uning 7 eshigi bulib, xar eshigi Ayollar va Erkaklar uchun bulingan, - dedilar.Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam:- Uning eshiklari bizning eshiklarga uxshaydimi? - deb suradilar.Jabroil alayxissalom:- Yuk,lekin u ochilgan,ular past va balanddir. Bir eshik bilan ikkinchi eshik etmish yillik yuldir. Xar bir eshikning issikligi oldingi eshikdan etmish barobar issikdir.- Alloxning dushmanlari u erga olib kelinadi. Eshik oldiga etganlarida ularni duzax xodimlari " Zanjir va Temir " arkonlarida kutib olishadi. Zanjirni ogizlaridan kizdirilib,orkalaridan chikaradi.- Odamni shayton bilan birga zanjirda yakinlashtiradi,yuzidan tortiladi. Maloikalar temirdan bulgan tayoklar bilan urishadi.Xammalari bu gamdan chikishni xoxlaganlarida u erga kaytarilaveradi. ( Xaj surasi, 22 oyat ).Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam suradilar:- Bu eshikda turuvchilar kimlar?Jabroil alayxissalom javob berdilar:- Birinchi past eshikda munofik, dasturxon asxoblaridan " Kufr " keltirganlar va Fir’avn axli turadi.Eshikning nomi " Xoviya " dir.- Ikkinchisida mushriklar turadi.Eshikning nomi " Jaxiym " dir.- Uchinchi eshikda " Kuyoshga siginuvchilar " turadi.Eshikning nomi " Sakar " dir.- Turtinchi eshikda Iblis,unga ergashganlar va majusiylar turadi.Eshikning nomi " Lazo " dir.- Beshinchi eshikda yaxudiylar.Uning nomi " Xutama " dir.- Oltinchi eshikda nasorolar.Uning nomi " Sair " dir.Keyin Jabroil alayxissalom uyalib tuxtadilar.Shunda Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam:- Ettinchisini xabarini bermaysizmi? - deb suradilar.Shunda Jabroil alayxissalom:- Ettinchisida sizning ummatingizdan " Katta " gunox kilib,keyin Tovba kilganlar turadi.Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam xushlaridan ketdilar. Jabroil alayxissalom ularning boshlarini xushlariga kelgunlaricha kukraklariga kuyib turdilar.U Zot sollalloxu alayxi vasallam uzlariga kelib:- Yo Jabroil, musibatim ulug buldi, xalifaligim kattiklashdi,mening ummatimdan birortasi duzaxga kiradimi? - dedilar.Jabroil alayxissalom:- Xa,sizning ummatingizdan gunoxi kabira kilganlari kiradi, - dedilar.Keyin Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam yigladilar.Jabroil alayxissalom xam yigladilar.Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam uylariga kirib odamlardan berkinib oldilar. Namozlarida yigladilar, fakat namozga chikardilar xolos.Uchinchi kuni oldilariga Abu Bakr roziyalloxu anxu keldilar va uyga kirishga izn suradilar. Javob bulmagach,burchakda yiglab turaverdilar.Sung saxobalar kelishdi,kirishgaruxsat bulmadi. Sung Fotima roziyalloxu anxumoga Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamning odamlardan berkinib olayotganlarini bildirishdi.Fotima onamiz Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam oldilariga kelib:- Yo Alloxning elchisi,men kizingiz Fotimaman,kirishga tusilib turibman, - dedilar.Anas roziyalloxu anxudan rivoyat kilingan.Imom Muslim rivoyati.Ushbu hadisni bir joyidagi mana bu: "Ettinchisida sizning ummatingizdan " Katta " gunox kilib,keyin Tovba kilganlar turadi." deyilgan jumla meni yanada qo‘rqitmoqda. Musulmon kishi bilib bilmay qilgan katta gunoh ishidan keyin afsuslanib qayta qilmaslik sharti bilan tavba qilsa va umri davomida gunohi kabira ishni qayta qilmasa ham do‘zahga tushadimi? Javob uchun oldindan rahmat. Allox rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi :إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا مِن بَعْدِ ذَلِكَ وَأَصْلَحُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ۝5. Bundan keyin tavba qilib, o‘zini isloh qilganlar mustasnodir. Zero, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Jamiyatda o‘ziga yarasha tartib-intizom, o‘zaro hurmat, har bir odamning qadr-qimmati, or-nomusi himoyalangan bo‘lishi kerak. Og‘ziga kuchi etmagan vaysaqilarning har turli gap-so‘zlar tarqatib, odamlarning obro‘sini to‘kaverishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ayniqsa, zinoga oid gaplar birovning obro‘sini to‘kish bilan birga, jamiyatda nopok, fahsh kayfiyatni tug‘diradi. Bo‘lmag‘ur kishilarning uyat gaplar tarqatishi, xususan, yoshlar tarbiyasining buzilishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday vaysaqilarning tili tiyib qo‘yilmasa, ular birga o‘nni qo‘shib, turli gaplarni tarqataveradilar va shaxslarga ham, jamiyatga ham katta zarar etkazadilar. Shuning uchun shariatning hukmi bo‘yicha, birovni zinoda ayblagan odamdan bu ayblovning rostligiga to‘rtta guvoh keltirish talab qilinadi. Agar to‘rtta guvoh keltira olmasa, ko‘pchilik ichida bo‘hton qilganlikda ayblanib, sakson darra uriladi. Buning ustiga, u Islom jamiyatida ishonchsiz kishiga aylanib, guvohligi qabul qilinmay qo‘yadi. Bu esa o‘zini bilgan kishi uchun odamgarchilikdan chiqish bilan barobardir.
Qur’oni Karim bo‘htonchini «fosiq», ya’ni «Allohning amridan chiqqan odam» deb vasf qilmoqda, bu ham juda yomon sifatdir. Endi bunday odam faqat ixlos bilan tavba qilgandagina va o‘zini butunlay tuzatgandagina fosiqlikdan chiqishi mumkin. Shunda uning guvohligi yana qabul qilinadigan bo‘ladi. Demak, faqat tavba qilishi kifoya emas. Balki, shu bilan birga, o‘zini o‘nglaganini jamiyat a’zolariga amalda ko‘rsatishi ham zarur. Buning uchun pokiza odamni qaerda, kimlarning oldida, qanday qilib zinoda ayblagan bo‘lsa, o‘sha erda, o‘sha odamlarning oldida, o‘shanday qilib poklaydi va o‘zini qoralaydi. So‘ngra tavba qiladi. Jamiyat uni bir yil davomida kuzatadi. Shu muddat ichida haqiqatan o‘zini tuzatib, shariatga xilof ishlarni qilmasa, undan fosiq nomi olinadi va guvohligi qabul qilinadigan bo‘ladi.“Baqara” surasida :إِلاَّ الَّذِينَ تَابُواْ وَأَصْلَحُواْ وَبَيَّنُواْ فَأُوْلَئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ وَأَنَا التَّوَّابُ الرَّحِيمُ۝160. Tavba qilib, isloh qilib, bayon qilganlar mustasnodir – ana o‘shalarning tavbasini qabul qilurman. Va Men tavbani ko‘plab qabul qiluvchidirman, o‘ta rahmlidirman.
Allohdan kelgan haqiqatni berkitish juda ham katta gunoh ekanini bilishimiz uchun oyatdagi gaplarni tadabbur qilib ko‘raylik. Bu gunohning yomonligini bilgach, tavba qilishning o‘zigina tavbaning qabuliga kifoya qilmas ekan. Balki tavbadan keyin ahli solihlardan bo‘lib, yaxshi ishlarni qilib va avval buzgan narsalarini tuzatib hamda odamlardan berkitgan narsalarini bayon qilib, tushuntirib berganlaridan so‘nggina ularning tavbasini qabul qilishini Alloh taolo ta’kidlayapti.
«Tavba qilib, isloh qilib, bayon qilganlar mustasnodir – ana o‘shalarning tavbasini qabul qilurman».
Oyatning oxirida Alloh taolo O‘zining tavbalarni ko‘plab qabul qiluvchi, rahmli Zot ekanini eslatib, kishilarni umidvor bo‘lishga undamoqda.
«Va Men tavbani ko‘plab qabul qiluvchidirman, o‘ta rahmlidirman».
Ya’ni «Men tavbani ko‘plab qabul qiluvchi va rahmlidirman».
Alloh rahmli bo‘lmaganida, haqiqatni yashirgan odamlarning gunohini hech kechmas edi. Ammo Alloh rahmli ekan, deb, kim nimani xohlasa, qilavermaydi. Allohning rahmliligi gunohida bardavom bo‘lgan, o‘lgunicha kufrni mahkam tutganlarga joriy bo‘lmasligini keyingi oyat bayon qiladi:إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَمَاتُوا وَهُمْ كُفَّارٌ أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ لَعْنَةُ اللّهِ وَالْمَلآئِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ۝ خَالِدِينَ فِيهَا لاَ يُخَفَّفُ عَنْهُمُ الْعَذَابُ وَلاَ هُمْ يُنظَرُونَ۝161. Albatta, kufr keltirib, kofir holida o‘lganlarga – ana o‘shalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning – barchaning la’nati bo‘lgay.
162. Unda mangu qoluvchidirlar. Ulardan azob engillatilmas va ularga muhlat ham berilmas.
Bunday holga tushishlariga ularning o‘zlari sababdirlar. Vaqtni bekor o‘tkazdilar. Fursat borida tavba qilib, o‘zlarini o‘nglasalar bo‘lardi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:34 | Савол-жавоблар | 184 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar