Mashina sotib olish

Assalomu alaykum! Savolim juda uzoq o‘kiladi shunga uzur so‘rayman. Yaqin do‘stimdan avtomobil sotib olgan edim, do‘stimni otasi Hoji aka. Barakani otasi bilan qildim, otasi mashinani ustada yaxshilab tekshirvolishimni va sotib olganimdan keyin qaytarib olmasligini aytdi. Aybi bo‘lsa ayting deb savol berdim, kapotida kraskasi bor dedi. Do‘stim aytgan ustaga bordik tekshirtirdik. Sotib olganimdan so‘ng o‘sha kuni g‘ildirak saqlanadigan joyida svarka qilinganini topib oldim va darxol do‘stimga aytdim, men ko‘rmaganman svarkani dedi. Va bir oydan so‘ng antifriz oqib ketishni boshladi dvigatel buzilib qoldi va ustaxonada 15 kun davomida tuzatildi, keyinchalik u xolat do‘stimda ham bo‘lganini bilib qoldim, o‘sha kunlari bitta eshigi kraska qilinganini bildim. Mashinani sotib olgan narximga va mashinaga ketgan sarf xarajatlarim bilan xisoblaganda 2000$ atrofida zarariga ukam bilan otam mensiz sotib yuborishdi(aybini aytib). Do‘stimni otasidan 1000$ pulni o‘tib berishini iltimos qildim, kamchiliklarini aytmabsizlar deb. Biz bu kamchiliklarini bilmaganmiz eski egasi bizga aytmagan dedilar, dvigateldagi nosozlikni esa tuzattirganimiz uchun aytmadik dedi do‘stim. Shunday qilib otasi o‘zi tanishi bo‘lgan imomga obordi, imomni aytgani bo‘ladi deb kelishdik. Va imom aytdilar: men xam tadbirkorman va masalan mebel ishlab chiqarsam usti taxta bo‘lsa ichiga xoxlasam axlatni tiqib sotaman, xaridor o‘zi tekshirib oladi va sotib olganidan so‘ng e’tirozlarini qabul qilmayman. Mana bu mebel yaxshilab tekshirib ol yoqsa sotib ol deyman va do‘sting usta emas mashinani aybini xoxlasa aytadi xoxlamasa yo‘q. Xamma ayb senda sen tekshirib olgansan, foyda qilganingda do‘stingga aytmas eding, zarar qilganingda xam chidashing kerak dedilar. Biz nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bozorda savdo qiladigan iymonli kishilarni hakam qilinglar. Bozorning urfida bunday holatda nima qilish kerak bo‘lsa o‘sha gapiga amal qilinglar. Hakam bitta bo‘lmasin. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 07:41 | Савол-жавоблар | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar