Ertalabki va kechki duolar
Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Kadrli shayx xazratlari!Sizga savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz:"Xadis va xayot"ning zikrlarga bagishlangan juzidan ertalabki va kechki duolarni imkoni boricha yodlab olib, aytib yuraman. Ertalab bulganda aytiladigan zikrlar ichida shunday zikr xam bor:Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon kechqurun bo‘lsa, «Amsayna va amsal mulku lillahi, val hamdu lillahi, laa ilaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shay’in qodiyr. Robbi as’aluka xoyra maa fii hazihil laylati va xoyra maa ba’dahaa va a’uzu bika min sharri maa fii hazihil laylati va sharri maa ba’dahaa. Robbii a’uzu bika minal kasali va su’il kibari. Robbii a’uzu bika min azabin finnari va aza-bin fil qabri», der edilar.Qachon subh bo‘lganda «Asbahna va asbahal mulku lillahi» deb xuddi shuni aytar edilar». "Xisnul muslim" kitobida bu zikrni boshka siygasi bor ekan: .... Robbi as’aluka xoyra maa fii hazal yavmi va xoyra maa ba’dah va a’uzu bika min sharri maa fii hazal yavmi va sharri maa ba’dah.""Xadis va xayotda" "Qachon subh bo‘lganda «Asbahna va asbahal mulku lillahi» deb xuddi shuni aytar edilar». deyilgan. "Xisnul muslim"dagi rivoyatlarda esa tong otganda duoning yukoridagi siygasi kelgan ekan. Tongda shunday deb zikr kilsa buladimi? Bu rivoyatlardagi siyga xam saxixmi?Javob uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammasi sahih, qay birini o‘qisa ham bo‘laveradi.
27 Aprel 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 271 | Duolar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammasi sahih, qay birini o‘qisa ham bo‘laveradi.
27 Aprel 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 271 | Duolar