Etikda tahorat olish

Assalomu alaykum! Tahorat olganda oyoqni yuvmasdan namoz o‘qisa bo‘ladimi? Mani ishim temir yo‘lda ishlab chiqarish tsexida. Asosan etik kiyib ishlaymiz. Tushlik 12:00 dan 13:00 gacha. Iltimos bu savoldan qutqarsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etik kiysangiz etigingizni qo‘njisi to‘pig‘ingdan tepada bo‘lsa va tahorat bilan kiygan bo‘lsangiz mahsiga o‘xshab yirtiqlari bo‘lmasa bemalol etik ustidan mash tortib, echmasdan namoz o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 145 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar