Nabiy alayhissalomning duolari

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abdurahmon ibn Abu Bakra otalariga: «Ey otajon, har tongda uch marta va kechqurun uch marta:اللهُمَّ عَافِنِي فِي بَدَنِي اللهُمَّ عَافِنِي فِي سَمْعِي اللهُمَّ عَافِنِي فِي بَصَرِي، اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الكُفْرِ وَالفَقْرِ اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ القَبْرِ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ«Allohumma ’afiniy fiy badaniy, Allohumma ’afiniy fiy sam’iy, Allohumma ’afiniy fiy basoriy, Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri, Allohumma inniy a’uzu bika min ’azabil qobri, laa ilaha illaa anta»(Allohim, badanimni, qulog‘imni va ko‘zimni ofiyatda qil. Ey Rabbim, Sening noming ila kufrdan, kambag‘allikdan va qabr azobidan panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo‘q), deyayotganingizni eshitaman», dedilar. Abu Bakra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday duo qilganlarini eshitganman va men u zotning sunnatlariga amal qilishni yaxshi ko‘raman», deb javob berdilar.Abu Dovud rivoyati.

27 Iyul 2022, 07:42 | Duolar | 111
|
Boshqa savol-javoblar