Allohim, haj qilishni xohlayman
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. Allohga hamdlar bo‘lsinki, yurtimiz mo‘min musulmonlari ikki yil sabr ila kutilgandan so‘ng dinimizning beshinchi arkoni – Haj ziyoratini ado etish maqsadida Madinai munavvarada imonu ixlos, cheksiz baxt va shukronalik ila ibodatlarni boshlab yubordilar. Shunga muvofiq, eslatma tariqasida haj zikr va duolarning muhimlari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz. Hajning o‘zidagi zikrlar. Kim ehrom kiymoqchi bo‘lsa, avval tahorat oladi, so‘ng g‘usl qilib, izor va ridosini kiyadi. Keyin ikki rak’at namoz o‘qiydi. Birinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atida «Qul huvallohu ahad»ni o‘qiydi. Namozdagi zikrlarni aytadi. Namozni tugatganidan keyin xohlaganicha duo qiladi. Agar ehrom kiyishni xohlasa, qalbi bilan niyat qilib, ushbu duolarni o‘qiydi: «Navaytul hajja va ahramtu bihi lillahi azza va jalla». Ma’nosi: Hajni niyat qilib, Alloh azza va jalla yo‘lida ehrom kiydim. Yoki: «Allohumma inniy uriydul hajja fayassirhu liy va taqobbalhu minniy». Ma’nosi: Ey Rabbim, haj qilishni xohlayman, uni menga oson qilib, mendan qabul et. Va yana: لَبَّيْكَ اللهُمَّ لَبَّيْك لَبَّيْكَ لاَ شَرِيكَ لَكَ لَبَّيْكَ إِنَّ الْحَمْدَ وَالنِّعْمَةَ لَكَ وَالْمُلْكُ لاَ شَرِيكَ لَكَ «Labbaykallohumma labbayk, labbayka la shariyka laka labbayk, innal hamda vanni’mata laka val mulk, la shariyka lak». Ma’nosi: Labbay, Allohim, Senga itoatdaman. Senga itoatdaman. Sening sheriging yo‘q. Labbay Senga. Albatta, hamd, ne’mat va mulk Senikidir. Sening sheriging yo‘q. Bilingki, talbiya aytish sunnatdir. Uni tark qilsa ham, haj va umrasi sahih bo‘laveradi, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilinmagan bo‘ladi. Ba’zilar uni vojib deb, haji sahih bo‘lishi uchun aytishni shart qilishgan. Lekin avvalgi so‘zimiz kuchliroqdir. Boshqa kishi uchun ehrom kiyadigan bo‘lsa: «Navaytul hajja va ahromtu bihi lillahi ta’ala ’an fulan», deb talbiyani oxirigacha o‘qiydi va kimning nomidan haj qilayotgan bo‘lsa, o‘shaning ismini aytadi. Talbiyadan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi, o‘ziga va dunyoyu oxirat ishlarida xohlagan kishisi haqqiga duo qiladi, Allohning roziligi va jannatini so‘rab, do‘zaxdan panoh tilaydi. So‘ng yana talbiyani aytishni boshlaydi, iloji boricha ko‘paytiradi. Tik turganda, o‘tirganda, piyoda yurganda, biror narsa minib ketayotganda, yonboshlab o‘tirganda, biror erdan tushayotganda, sayr qilib yurganda, tahoratsiz, junub, hayz holatida, kunduzi, kechasi, saharda, do‘stlar bilan jam bo‘linganda, namoz so‘ngida, masjidlarda, qo‘yingki, tavof bilan sa’ydan tashqari hamma vaqt talbiya aytish mustahabdir. Tavof bilan sa’yda esa, o‘zining maxsus duolari bor, ana shu duolar ila mashQul bo‘linadi. Talbiyani aytishda unga mashaqqat bo‘lmasa, ovozini balandlatadi. Lekin ayollar ovozini ko‘tarmaydi. Talbiya har gal uch martadan qaytariladi. Uning orasi gap bilan bo‘linmaydi. Agar biror kishi salom bersa, javob qaytaradi. Lekin talbiya aytayotgan kishiga salom berish karih amaldir. Agar biror ajablanarli narsa ko‘rsa: «Labbayka innal ’aysha ’ayshul axiroti», deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilgan holda aytadi. Ma’nosi: Toatingdaman, haqiqiy yashash oxiratdagi yashashdir. Ana shu talbiyani nahr kuni Aqabada tosh otguncha yoki ifoda tavofini ado etgunicha aytadi. Mana shu amallardan birortasiga kirishsa, talbiyani to‘xtatib, takbir bilan mashg‘ul bo‘ladi. Agar ehromdagi kishi Makkadagi haramga etsa (Alloh uning sharafini ziyoda qilsin), quyidagi duoni o‘qishi mustahabdir: اللهُمَّ هَذَا حَرَمُكَ وَأَمْنُكَ فَحَرِّمْنِي عَلَى النَّارِ وَأَمِّنِّي مِنْ عَذَابِكَ يَوْمَ تَبْعَثُ عِبَادَكَ وَاجْعَلْنِي مِنْ أَوْلِيَائِكَ وَأَهْلِ طَاعَتِكَ «Allohumma haza haromuka va amnuka faharrimniy ’alan nari va amminiy min ’azabika yavma tab’asu ’ibadaka vaj’alniy min avliyaika va ahli to’atik». Ma’nosi: Ey Rabbim, bu Sening haraming va omonlik eringdir. Do‘zaxni menga harom et. Azobingdan meni omon saqla. Meni avliyolaring va toat ahli qatorida qil. Kim Makkaga kirgach, ko‘zi Ka’baga tushsa, quyidagi duoni o‘qiydi. Chunki Ka’bani ko‘rganda musulmonning qilgan duosi ijobat etiladi, deyilgan: اللهُمَّ زِدْ هَذَا البَيْتَ تَشْرِيفًا وَتَعْظِيمًا وَتَكْرِيمًا وَمَهَابَةً وَزِدْ مَنْ شَرَّفَهُ وَكَرَّمَهُ مِمَّنْ حَجَّهُ أَوْ اعْتَمَرَهُ تَشْرِيفًا وَتَكْرِيْمًا وَتَعْظِيمًا وَبِرًّا «Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va ta’ziyman va takriyman va mahabatan va zid man sharrofahu va karromahu mimman hajjahu av i’tamarohu tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va birron», deydi. Ma’nosi: Ey Rabbim, bu uyning sharafini, ulug‘ligini, hurmatini, haybatini ziyoda qil. Va uni sharaflagan, hurmatlagan, haj qilgan, umrani bajargan kishilarning sharafini, ulug‘ligini, yaxshiligini ziyoda et. Yana: اللهُمَّ أَنْتَ السَّلاَمُ وَمِنْكَ السَّلاَمُ حَيِّنَا رَبَّنَا بِالسَّلاَمِ «Allohumma antas salamu va minkas salamu hayyina robbana bissalam», deb aytadi. Ey Rabbim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir, deb aytadi. So‘ngra dunyo va oxirat yaxshiliklarini so‘rab, xohlaganicha duo qiladi. Masjidga kirganda esa, masjidga kirish duosini o‘qiydi. Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan Anvar Ahmad tarjimasi
27 Iyul 2022, 08:11 | Duolar | 125