Nabiy alayhissalomning doim o‘qib yurgan duolari

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam quyidagi duolarni kech kirganida va tong otganida hech tark qilmas edilar:اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ العَافِيَةَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ العَفْوَ وَالعَافِيَةَ فِي دِينِي وَدُنْيَايَ وَأَهْلِي وَمَالِي. اللهُمَّ اسْتُرْ عَوْرَاتِي وَآمِنْ رَوْعَاتِي. اللهُمَّ احْفَظْنِي مِنْ بَيْنِ يَدَيَّ وَمِنْ خَلْفِي وَعَنْ يَمِينِي وَعَنْ شِمَالِي وَمِنْ فَوْقِي وَأَعُوذُ بِعَظَمَتِكَ أَنْ أُغْتَالَ مِنْ تَحْتِي«Allohumma inniy as`alukal ’afiyata fiddunya val axiroh. Allohumma inniy as`alukal ’afva val ’afiyata fiy diyniy va dunyaya va ahliy va maliy. Allohummastur ’avrotiy va amin rav’aatiy. Allohummahfazniy min bayni yadayya va min xolfiy va ’an yamiyniy va ’an shimaliy va min favqiy va a’uzu bi’azomatika an ug‘tala min tahtiy».Ma’nosi: Allohim, men Sendan dunyo va oxiratda ofiyat so‘rayman. Ey Rabbim, dinimda va dunyoimda, ahlimda va molimda afv va ofiyat so‘rayman. Ey Rabbim, avratimni bekit, xavflarimni omonlikka aylantir. Ey Allohim, meni oldimdan, orqamdan, o‘ng tomonimdan, chap tomonimdan, ustimdan saqlagin. Ey Rabbim, ostimdan halok qilishingdan Sening azamating ila panoh tilayman.Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Mojalar rivoyati.

27 Iyul 2022, 08:12 | Duolar | 80
|
Boshqa savol-javoblar