Psoriazda tahorat

Assalomu alaykum! Menda psoriaz teri kasalligi tizzamda va tirsagimda bor. Terim qurib va torayadi, xozirgi payitda ozgina kuchaygan, xar sajda qilganimda tizzamda ozgina qon chiqib kiymimga yuqadi. Savolim shuki taxoratimni yangilab boshqattan namozimni o‘qishim kerakmi? Lekin bu xol doimiy davom etmoqda xar sajdaga o‘tirganimda tizzalarim achishib yorilayotganini sezaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sajda qilishda qon chiqmaydigan shaklni toping va o‘shanday sajda qiling. Oyoqni yig‘sangiz qon chiqsa yig‘masdan o‘tiring. Qanday qilsangiz qon chiqmasa shunday qilib namoz o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 142 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar