Ibodatlarimga qaytsam deyman, lekin
Assalomu alaykum! Men oldin namoz o‘qiganman. O‘qiganimda xam to‘liq ado etmaganman, ya’ni bir o‘qib, bir o‘qimay yurganman. Qilgan ibodatimdan qoniqmas edim. Hozir, umuman namoz o‘qimayapman va bu yaxshi emasligini bilaman. To‘g‘risi iymonim kuchli emas, qancha majburlamay Alloh taologa bo‘lgan muhabbatni his eta olmayman. Alloh taoloning yaxshi ko‘rgan insonlari qatorida bo‘lishni juda-juda xohlayman, lekin hech ham uddalay olmayapman. Alloh taolaning qahriga uchraganman, deb o‘ylayman, bundan juda qo‘rqaman. Nega bunday bo‘lyapti. Ibodatni tashlab qo‘yib, endi yana qaytsam Alloh taoloni g‘azabiga duchor bo‘lmaymanmi? Alloh taolo meni kechiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ma’lum bir muddat iymoni mustahkam, haqiqiy taqvodor insonning huzurida birga yashang. Oldinlari ulamolarimiz ommatan xalqni qirq kundan ruhiy tarbiya ustozlarining huzurida iymondan saboq olishga chaqirishar edilar. Ularning xonaqosida namozning farzlarini o‘rgatuvchi bir ustoz, 5-10 ta suralarini o‘rgatib qo‘yuvchi qiroat ustozi, aqiydasini to‘g‘rilovchi aqiyda ustozi, qiladigan kasbini halol-haromini o‘rgatuvchi fiqh ustozi bo‘lishgan. Ommatan xalq barcha ishlarini ularning maslahati ila qilishgan. Hozirda bunday xonaqohlar bo‘lmasada solih insonlar bor va qiyomatgacha bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda “Sodiqlar bilan birga bo‘linglar” deb marhamat qilgan. Qancha muddat degan savolga “Ularga o‘xshaguncha” deb javob berilgan. 40 kunda har qancha fosiq ham solihga aylanadi. Danakka qarang, bir necha kun erga ko‘milgan edi, nihol bo‘lib unib chiqdi. Erga ekilmay 50 yil tursa ham undan biror narsa ham unmas edi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ يَقْبَلُ تَوْبَةَ الْعَبْدِ مَا لَمْ يُغَرْغِرْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki banda g‘arg‘ara holiga borib qolmagan bo‘lsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Jon halqumga kelmasdan avval tavba qilib qolmoq lozim. Undan keyin kech bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar