Rostgo‘ylik jannat kaliti
Bismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror narsani so‘rashdan nahy qilingan edik. Bizga badaviylardan bir oqil kishi kelib, u zotdan savol so‘rayotganini eshitish qiziq edi. Bir kuni ulardan biri keldi va: «Ey Muhammad! Bizga yuborgan elching seni Alloh yuborganini daʼvo qilayotganingni aytmoqda», dedi.«To‘g‘ri aytibdi», dedilar. «Osmonni kim yaratgan?» so‘radi u.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh!” dedilar.U so‘radi: «Yerni kim yaratgan?».Rasululloh sollallohu alayhi vasallam javob berdilar: “Alloh!”.Boyagi odam yana savol berdi: «Mana bu tog‘larni kim tiklab qo‘ydi va ulardagi narsalarni paydo qildi?».Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh!” dedilar.Undoq bo‘lsa, osmonni yaratgan, yerni yaratgan, ushbu tog‘larni tiklagan Zot bilan qasamki, seni Alloh Payg‘ambar qilib yubordimi?!» dedi.“Ha!” dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.«Sening elching bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz farz ekanligini daʼvo qildi», dedi badaviy.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar.«Seni Payg‘ambar qilib yuborgan Zot ila qasamki, buni senga Alloh buyurdimi?».Nabiy alayhissalom: “Ha!” dedilar.«Elching bizga molu dunyomizdan zakot farz qilinganini aytmoqda», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘g‘riligini tasdiqladilar.«Seni Payg‘ambar qilib yuborgan Zot ila qasamki, buni senga Alloh buyurdimi?».Nabiy alayhissalom “Ha!” dedilar.«Elching har yili Ramazon oyi ro‘zasi farz qilinganini aytdi», dedi kelgan odam. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tasdiq javobini berdilar.U so‘radi: «Seni Payg‘ambar qilib yuborgan Zot bilan qasamki, buni senga Alloh buyurdimi?».Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ha!” dedilar.«Sening elching qodir bo‘lganlarga Baytni haj qilish farzligini aytmoqda», dedi boyagi kishi.Nabiy alayhissalom: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar.So‘ngra u odam: «Seni haq ila yuborgan Zotga qasamki, mana shularga ziyoda qilmayman, ulardan kamaytirmayman ham», deb qaytib ketdi.Payg‘ambar alayhissalom: «Agar rostgo‘y bo‘lsa, albatta, jannatga kiradi», dedilar».Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ahmad, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Imom Nasoiy, Imom ibn Hibbon rivoyat qilishgan.
27 Iyul 2022, 08:13 | Duolar | 82