Qattiq shamol bo‘lganda aytiladigan zikrlar
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qiladilar:
«Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا فِيهَا وَخَيْرَ مَا أرْسِلَتْ بِهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيهَا وَشَرِّ مَا أرْسِلَتْ بِهِ«Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman.)Imom Muslim rivoyatlari.Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol essa, uni so‘kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so‘rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar.Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmon ufqida to‘plangan bulutni ko‘rsalar, qilib turgan ishlarini to‘xtatardilar, agar namozda bo‘lsalar: اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا اللهُمَّ صَيِّبًا هَنِيئًا«Allohumma inniy a’uzu bika min sharriha» (Ey Rabbim, Sening noming ila uning yomonligidan panoh tilayman), deb aytardilar. Agar yomg‘ir yog‘sa: «Allohumma sayyiban haniy`an» (Ey Rabbim, shaldirab oquvchi yoqimli yomQir yoQdir), deb aytardilar. Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari.Ubay ibn Ka’bdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shamolni so‘kmanglar, agar biror karih narsani ko‘rsanglar: اللهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ مِنْ خَيْرِ هَذِهِ الرِّيحِ وَخَيْرِ مَا فِيهَا وَخَيْرِ مَا أُمِرَتْ بِهِ وَنَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ هَذِهِ الرِّيحِ وَشَرِّ مَا فِيهَا وَشَرِّ مَا أُمِرَتْ بِهِ «Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot bihi va na’uzu bika min sharri hazixir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so‘rayman. Va Sendan, shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan panoh so‘rayman.)
Termiziy rivoyatlari. Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
Tarjimon Anvar Ahmad
27 Iyul 2022, 08:13 | Duolar | 88