Qiyinchilik va g’amlikda o’qiladigan duo

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar menga biror qiyinchilik yoki xafachilik yetsa, quyidagi kalimalarni aytishni buyurdilar:


لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ الكَرِيْمُ العَظِيمُ، سُبْحَانَهُ تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ العَرْشِ العَظِيمِ، الْحَمْدُ للهِ 

رَبِّ العَالَمِينَ


«La ilaha illallohu karimul 'aziym. Subhanahu tabarokallohu robbul 'arshil 'aziym. Alhamdu lillahi robbil 'alamiyn».


(Ma'nosi: Ulug' va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo'q. Ulug' arsh Rabbi Alloh barakotli va pokdir. Olamlar rabbi Allohga hamd bo'lsin.) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari.




29 Yanvar 2023, 20:32 | Duolar | 25
|
Boshqa savol-javoblar