Bilmasdan Allohga shirk keltirish
Assalomu alaykum! Inshaalloh shu saytga a’zo bo‘lib, ko‘p narsalarni o‘rganmoqdaman, hozirda 5 mahal namoz o‘qiyapman, ammo lekin ilgari oilamiz bilan bilmasdan ko‘p marotaba Zangiota va Bo‘stonliq tumanida joylashgan Shayx Umari Vali va boshqa ziyoratgoxlarga borganimizda ularni nomiga atab (shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb gumon qilyapman ) jonliq so‘yib, qozonini qaynatish savob bo‘lar ekan va duo qilganda ular qo‘llasin deb xato ishlarni qilgan ekanmiz, xattoki shaxsan o‘zim Shayx Umari Vali xazratlarini qabrlarini atrofida aylanib duolar qilganman, to‘g‘risi juda afsusdaman tavba qildim. Endi aytingchi bilib bilmasdan qilgan ushbu ammalarimiz shirk bo‘lib qolmadimi? Buning xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalaridagi qancha mushriklarni Alloh tavbasini qabul qilib sahobalik maqomini nasib qilgan. Noumid bo‘lmang. Shukurki qalbingizga to‘g‘ri yo‘lni solibdi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar