G’am yoki tashvish kelganda o’qiladigan duo

Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga g'am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berdilar. So'ngra, «Bu kalimalarni o'zinglar aytib, boshqalarga ham o'rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o'sha kalimalarni aytdilar:

 

اللهُمَّ إنِّي عَبْدُكَ ابْنُ عَبْدِكَ ابْنُ أَمَتِكَ نَاصِيَتِي بِيَدِكَ مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ؛ أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ أوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الغَيْبِ عِنْدَكَ أَنْ تَجْعَلَ القُرْآنَ نُورَ صَدْرِي وَرَبِيعَ قَلْبِي وَجِلاَءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي.


«Allohumma inniy 'abduka, ibnu 'abdika, ibnu amatika, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya hukmuk, 'adlun fiyya qozouk, as`aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av anzaltahu fi kitabika av 'allamtahu ahadan min xolqika av ista`sarta bihi fiy 'ilmil g'oybi 'indaka an taj'alal Qur'ana nuro sodriy va robiy'a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba hammiy».


(Ma'nosi: Men Sening qulingman, qulingning o'g'liman, cho'ringning zurriyotiman. Peshonam Sening qo'lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening hukming odildir. O'zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror kishiga o'rgatgan yoki g'ayb ilmingda saqlab qo'ygan ismlaring ila so'raymanki, Qur'onni dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g'amimni ketkizuvchi qil). Ibn Sunniy rivoyatlari.



29 Yanvar 2023, 20:34 | Duolar | 24
|
Boshqa savol-javoblar