Uxlash uchun to'shakka yotganda o'qiladigan duo
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi to'shakka yotayotganida ko'rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi. So'ng:
بِاسْمِكَ رَبِّي وَضَعْتُ جَنْبِي وَبِكَ أَرْفَعُهُ إِنْ أَمْسَكْتَ نَفْسِي فَارْحَمْهَا وَإِنْ أرْسَلْتَهَا فَاحْفَظْهَا بِمَا تَحْفَظُ بِهِ عِبَادَكَ الصَّالِحِينَ
«Bismika robbiy vazo'tu jambiy va bika arfa'uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi 'ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar.
(Ma'nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo'yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'shaklariga yotsalar, qo'llariga suflab, ikkita «Qul a'uzu»ni o'qir, so'ng tanalariga surtar edilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
17 Fevral 2023, 01:32 | Duolar | 37