Bezovta bo'lib, uxlay olmaganda o'qiladigan duo

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uyqusizlikdan shikoyat qildim, u zot:

اللهُمَّ غَارَتِ النُّجُومُ وَهَدَأَتِ العُيُونُ وَأَنْتَ حَيٌّ قَيُّوم لاَ تَأْخُذُكَ سِنَةٌ وَلاَ نَومٌ يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ أهْدِي لَيْلِي وَأنِمْ عَيْنِي

 «Allohumma g'orotin nujumu va hada`atil 'uyunu va anta hayyun qoyyum, la ta`xuzuka sinatun va la navm, ya hayyu, ya qoyyumu, ahdiy layliy va anim 'ayniy, deb ayt», dedilar. Shu duoni aytgan edim, Alloh mendan uyqusizlikni ketkazdi».

(Ma'nosi: Allohim, yulduzlar botdi, ko'zlar tindi. Sen tirik, qoimdirsan. Seni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Ey Hay va Qayyum sifatli Zot, kechamni tinch qilib, ko'zimga uyqu ber.) Ibn Sunniy rivoyatlari.



17 Fevral 2023, 01:35 | Duolar | 29
|
Boshqa savol-javoblar