Uyquda qo'rqqanda o'qiladigan duo

Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqusida qo'rqqanlarga:

أعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ غََضَبِهِ وَشَرِّ عِبَادِهِ وَمِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ وَأنْ يَحْضُرُونِ

 «A'uzu bikalimatillahit tammah min g'ozabihi va sharri 'ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o'rgatganlar.

(Ma'nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g'azabidan, bandalarining yomonligidan, shayton hozir bo'lib, vasvasa qilishidan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Sunniylar rivoyatlari.



17 Fevral 2023, 01:36 | Duolar | 47
|
Boshqa savol-javoblar