Ruku'da bosh ko'targanda va tik turganda o'qiladigan duo
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku'dan qomatlarini ko'targanlarida:
سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ رَبَّنَا لَكَ الْحَمْدُ
«Sami'allohu liman hamidah» (Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi), tik bo'lganlarida esa, «Robbana lakal hamd» (Rabbimiz, Senga hamd bo'lsin), deb aytar edilar. (Ba'zi rivoyatlarda: «Robbana va lakal hamd» bo'lib kelgan). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
17 Fevral 2023, 01:52 | Duolar | 31