Ishorai sabboba haqida
Assalomu alaykum! Ming bor uzr yana qayta savolimga qaytganim uchun. Ishorai sabbobani, qilmaydiganlar ichida qilmagani afzalmikin deb o‘ylayman. Bizda umuman hech kim qilmaydi, sababi ustozimiz o‘rgatmagan. Faqat bir inson qiladi, lekin u insonni ustozi kimligini umuman bilmaymiz. U inson na tajvidni va na boshqa narsani biladi. U insonning yonida o‘tirgani ko‘pchilik bezillaydi, sababi namoz o‘qiyotgan odam xushu’ni yo‘qotadi. Bir ixtilofli sunnatni bajaraman deb, ikkinchi qavliy sunnatga zid ish qilgan bo‘lib qolmaydimi? Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam "Musulmon musulmonlar uni qo‘lidan va tilidan salomat bo‘lgan odamdir. Muxojir Alloh qaytargan narsalardan xijratda bo‘lgan odamdir" degan adashmasam. Shu gaplariga binoan namozda ham namozdan tashqarida ham bir-birimizga ozor bermagan yaxshimi deb o‘ylayman. Bizni yurtlarda kamdan-kam odam qiladi. Shuncha sunnat qolib aynan ixtilofli sunnatni qilishadi. Uzr savolim noo‘rin bo‘lsa. Savoldagi xato va kamchiliklar uchun ham uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hazratning bu haqida yozgan ma’lumotlaridan keyin, ishorai sabbobaga xilof qiladiganlar qolmagan bo‘lsa kerak deb o‘ylaymiz.
20-asr allomalaridan Anvar Shoh Kashmiriy Hanafiy rohmatullohi alayh imom Rabboniyning “Ishorai sabboba sunnat emas. Chunki u haqida kelgan hadislar muztaribdir” degan gapariga javoban : “Ishorai sabboba qilish haqida bir necha rivoyatlar kelgan bo‘lib, ularni iztirobli deyish joiz emas. Hadis muztarib bo‘lishi uchun hadis bitta bo‘lib, turlicha tatbiq qilib bo‘lmaydigan lafzlar bilan kelgan bo‘lishi kerak. Bu erda esa unday emas. Balki bir necha sahobadan bir necha lafzlar ila rivoyatlar kelgan. Ulardan tashahhudda ishora qilish sunnat ekanligi kelib chiqadi. Ishora qilganlar miqdori mashhurlik darajasiga etgan. Bundan tashqari ishora qilish sunnat ekanligiga ijmo’ ham qilingan. Ishora qilish ko‘rinishlari turlicha ekanligiga kelsak, ular voqea va vaqtlarning turlicha ekanligiga bog‘liqdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gohida bir ko‘rinishda, gohida boshqa bir ko‘rinishda ishora qilganlar. Muhaddislar tilida bunay turlichalikni iztirob deyilmaydi. Hadisilarda kelgan ishora qilish ko‘rinishlaridan har biriga amal qilish joiz. Lekin bizning nazdimizda bosh barmoq bilan o‘rta barmoqni xalqa qilib, ishora qilish hadisi kuchlidir. Shunda nafiy vaqtida barmoqni ko‘tarib, isbot vaqtida uni tushirilgan bo‘ladi” deganlar.
Ba’zi ulamolarimiz bu ishorani qilmaslikni aytganlar. Ammo Ibn Humom va Ali Qoriy kabi ulamolarimiz: «Buni qilmaslik rivoyat va diroyatga xilof bo‘ladi», deganlar.
Biz esa ustozi o‘rgatganlar qilsin, o‘rgatmaganlar qilmasin, ammo ixtilof bo‘lmasin, deymiz.
Ular fitnaga sabab bo‘ladigan o‘rinlarda shunday qilmasalar yaxshi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam afzal bo‘lsada fitnaga sabab bo‘lishini nazarda tutib, “Sahih Buxoriy”da kelgan hadislarida :
Asvaddan rivoyat qilinadi:
«Ibn Zubayr menga: «Oisha senga ko‘p sir aytar edi, Ka’ba to‘g‘risida nimalarni so‘zlab bergan?» dedi. Men aytdim: «Oisha menga bunday degan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey Oisha, agar qavming yangi chiqqan – Ibn Zubayr: «Kufrdan (yangi chiqqan)», degan – bo‘lmaganida, Ka’bani buzib, unga ikki eshik: odamlar kiradigan bir eshik va ular chiqadigan bir eshik qilar edim”, deganlar.(«Oltin Silsila» kitobidan "Sahih Buxoriy"). Vallohu a’lam. Vallohu a’lam.
21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 247 | Namoz