Qaysi yo‘l to‘g‘ri

Assalomu alaykum va rahmatulillohi va barakotuh.Shayx Xazratlari sizga savolarmizga sabr ila javob berayotkaningiz uchun katta rahmat!Xazrat man endi akademik litseyni tugatdim endi Alloh nasib qilsa, tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirmoqchiman.Savolim shundan iborat bir dugonam u ham man bilan birga o‘qigan, Allohning farz ibodatlarini bajarishga u ham man ham harakat qilamiz. Gap shundaki, ko‘pdan beri oramizda holisona baxs bo‘ladi.U muslima ayolni o‘z nomusini saqlashi va uyda o‘tirib farzandga tarbiya berishi lozim, uyda ham bilim olsa bo‘ladi deydi.Agar dunyoviy ilm olsangiz kim kafolat beradi iymoningizi doim mustahkam bo‘lishiga, dunyoga berilib ketmasligingizga deydi. Man esa hayotda Inshaolloh ham bu dunyoning ham u dunyoning saodatiga erishishlikni istiman. Ahir tibbiyot ilmi bilan qanchadan qancha insonlarga (ayollarga) yordam berishim mumkin. Balkim noto‘g‘ri o‘ylayotkandirman hozirgi ta‘lim muassasalarida erkak va ayollarning birga ta‘lim olishlarini hisobga olsak.Boshim qotib qoldi? nahotki bugungi kunimizda muslima ayollar o‘z nomuslarini saqlash uchun uyda o‘tirishlari shart bo‘lib qolgan bo‘lsa? Ham dunyo ham din ilmini baravariga o‘rganish mumkunmi?Shayx Xazratlari sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim man noto‘g‘ri yo‘l tutmadimmikan? Ham dunyo ham din ilmini baravariga o‘rganish mumkunmi? Inshaolloh kelajakda faqat ayollarni davolashni maqsad qildim, faqat dugonamning fikrini o‘ylab havotirga tushayapman. Shayx xazratlari Alloh din yo‘lida qilayaotkan ishlaringini bardavom qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Dinga zarar etmasligi sharti bilan mumkin.

3 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 137 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar