Sotilgan uyning buzilishi haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar, meni uyim buzilyapti. Shu sabab, bir inson bilan uyni narxlab kelishdim. U odam menga kelishilgan pulning yarmini bo‘nak (avans) qilib berdi. Uyning materiallarini buzib olishi kerak edi. Men uyni bo‘shatib qo‘ygan edim, oradan uch kun o‘tdi, u odam esa buzishni kechiktirdi. Boshqa joyda ham ish olganman, ishchilarim oz, hademay siznikiga ham o‘taman, degan edi. Lekin uyim davlat tomonidan buzib tashlandi. U odam hech narsa ololmadi, shunga uning pulini qaytarishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida siz bo‘shatib holi qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, pulning sizda qolishi halol. Qaytarib bersangiz ham yaxshi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar