Ribo bo‘lib qolmadimi?

Assalomu alaykum! Bir yaqin tanishim mendan qarz olib yaqinda qaytarib berdi, qarzni olish uchun men uning oldiga borib olib qaytdim. Uyga kelib sanab ko‘rsam, qarz bergan pulim ustiga ozgina (40 ming so‘m) qo‘shib bervoribdi. Unga telefon qilib nega bunday qilganligini so‘rasam, "ovora bo‘lib vaqt ketkizib shaxsiy mashinangizda kelib ketdingiz, shunga ketgan vaqtingiz va benzin pulingizga ozgina qo‘shib bervordim, men roziman" deb aytdi. Menda shubha paydo bo‘lganligi, ushbu holat riboga kirmaydimi? Agar ribo bo‘ladigan bo‘lsa, pulini o‘ziga qaytarib bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qarzni berayotgan vaqtda yoki olayotgan vaqtda qo‘shib berishni shart qilmagan bo‘lsangiz riboga kirmaydi. Albatta siz yoki oluvchida shunday qo‘shib berish odat tusiga kirmagan ham bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar