Ilmlilar qarama qarshiligi
Assalomu alaykum! Savol ozgina ochiqroq oldindan uzr, tarixda umuman Islom tarixida ilmli olimlar bir-birini yomon otlik qilishi kamsitishlari bo‘lganmi? Alloh raxm qilsin, bizning davrga kelib ilmlilar bir-birini ko‘ziga cho‘p suqishmoqda, bundan keladigan ofat balolar xaqida hadislar bo‘lsa kutib qolardik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Azaldan olim insonlar hech bir o‘rinlarda bir-birlarini yomonotliq qilgan yoki kamsitgan emaslar. Ularda haqni bayon qilish uchun ilmiy munozaralar bo‘lgan. Munozara qiluvchilar “sherigimning qalbiga haqni solgin, men adashayotgan bo‘lsam menga haqni ko‘rsatgin. Bu munozaramiz barchamizning dunyo va oxiratimizga foydali bo‘liini nasib qilgin” degan niyatda bo‘lishgan. Abu Hanifa rahmatullohi alayh Madinai munavvaraga borganlarida xuftondan keyin boshlasalar bamdod vaqtigacha ilmiy munozaralar qilganlar. Ularning munozaralari o‘ta darajada foydali bo‘lib, imom Molik rahmatullohi alayh minglab masalalarda o‘sha munozaralardan foydalanganlar. Ularning bir-birlariga bo‘lgan ehtiromlari cheksiz edi, atrofida to‘planganlar jannat bog‘ida sayr qilgandek bo‘lishar edi. Bu xuddi alohida-alohida xonalarda yonib turgan yakka-yakka shamchiroqlar bitta xonaga to‘planib butun xonani nurafshon qilgandek bo‘lar edi. Ularning ilmiy ixtiloflari biri bilan boshqalari bilmagan narsalari bilib olishga, tushunmagan narsalarini to‘liqroq tushinib olishga sabab bo‘lar edi. Ularda hech qanday nafsoniy tortishuv, bir-birini mulzam qilish, xalq ichida sharmanda qilish, narigi taraf bilmagan narsasini biladigan bo‘lsa bilishi bilan g‘ururlanish degan narsa bo‘lgan emas. Hatto munozara oxirida bir-birlaridan kechirim so‘rash, hatto qo‘l va peshonalaridan o‘pib qo‘yish ishlari ham sodir bo‘lgan. Bu degani ilmlilar orasida munozara bo‘lmasligi kerak degani emas. Albatta bo‘lishi kerak, bunda munozara qiluvchi ikki tomon va kuzatuvchi sifatidagi uchinchi tomon munozara odoblariga to‘liq amal qilishlari kerak. Bu ham alohida bir fan bo‘lib, uning ham joiz va nojoiz, halol va harom tomonlari bor. Buni bilmaganlar aralashmasliklari kerak. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar