Tovuq go‘shtiga gumon

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda tovuq fermalarda so‘yilgan tovuq go‘shti (lentada yoki shariy so‘yilgan) xaqida juda ko‘p savol javoblar bo‘lyabdi. Qisqasi, gumon ham ko‘payib ketdi shuning uchun tovuq go‘shtni emaslikka xarakat qilyabman qanday maslaxat berasilar? 2). Oshxonalardagi tovuqdan tayyorlangan ovqatlarchi? Bir savolda (to‘liq esimda emas) musulmon yurtlardagi go‘sht xalol degan ulamaolar fatvosini taqdim qilgan ekansizlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri, har biriga alohida Bismillah aytib so‘yilmasa halol bo‘lmaydi deb fatvo berilgan. 2). Musulmon yurtlarida ham o‘sha so‘yishga e’tibor beriladigan yurtlarnikini ite’moli joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar