Etimning haqqi
Assalomu alaykum! Men bollarimga otalari vafot qilganliklari uchun pensiya va otasi bor bolalar ham oladigan bola puli olaman. Bu pullar menga halol bo‘ladimi? Etimning haqqi bo‘lib qolmaydimi? Men shu pullardan ijara haqqi ro‘zg‘or kamlari va kiyimlar uchun ishlatsam bo‘ladimi boshqa tirikchiligimiz yo‘q, dadasidan hech narsa qolmagan, qaynonam hammasini o‘zlari olganla. Bazida o‘ylab qo‘rqib ketaman, bularni pulini yig‘ishim kerak, etimlarim haqqi deb. In shaa Alloh katta bo‘lishganda ilm yo‘lida yurishsa ko‘p pul kerak bo‘ladi, o‘shanda pullarimizni hammasini nima qilgansiz deyishsa nima deyman deb. Men hozirda ishlasam bollar qarovsiz qolishadi, ishlamasam boshqa pul keladigan joyimiz yo‘q. Shunga maslaxat bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: وَابْتَلُواْ الْيَتَامَى حَتَّىَ إِذَا بَلَغُواْ النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُواْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ وَلاَ تَأْكُلُوهَا إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُواْ وَمَن كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ وَمَن كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِالْمَعْرُوفِ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ فَأَشْهِدُواْ عَلَيْهِمْ وَكَفَى بِاللّهِ حَسِيبًا 6. Etimlarni to nikoh(yoshi)ga etgunlaricha sinab turinglar. Agar ularda ongu idrok ko‘rsangiz, ularga o‘z mollarini qaytaring. U(mol)larni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin deb, shoshilib, emang. Kim boy bo‘lsa, iffatini saqlasin. Kim kambag‘al bo‘lsa, ma’ruf ila esin. Mollarini o‘zlariga qaytarganingizda ularga guvohlar keltiring. Hisob qiluvchilikka Allohning O‘zi kifoya qilur.
Demak, etimni otaliqqa olganlar uchun asosiy hukm – etimlarning molidan emaslik. Ammo otaliqqa oluvchilarning holi ham har xil bo‘ladi – ba’zilari boy, o‘ziga to‘q, boshqalari kambag‘al, muhtoj. Buni e’tiborga olib, oyatda boyga alohida, kambag‘alga alohida hukm bayon qilingan:
«Kim boy bo‘lsa, iffatini saqlasin. Kim kambag‘al bo‘lsa, ma’ruf ila esin».
Boy odam o‘ziga etarli moli bo‘lgani, hojati tushmagani uchun iffat qilib, o‘zini shubhali narsadan uzoq tutgani ma’qul. Etimlarni otaliqqa olgani, ularning mol-mulklarini saqlagani, parvarishlagani uchun ajru savobini oladi. Agar otaliqqa oluvchi shaxs kambag‘al bo‘lsa-chi? Unda parvarishdagi etimning molidan yaxshilik – to‘g‘rilik bilan foydalanishiga ruxsat bor. Bu narsa unga xizmati uchun haq o‘rnida o‘tadi. Buni quyidagi rivoyat ham tasdiqlaydi.
Imom Abu Dovud va imom Nasaiylar qilgan rivoyatda aytilishicha, bir kishi Nabiy alayhissalomning huzurlariga kelib:
– Qaramog‘imda bir etim bor. Uning moli bor, meniki yo‘q. Uning molidan esam bo‘ladimi? – deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Isrof qilmasdan, to‘g‘rilik bilan egin, – dedilar.
Imom Molik rivoyat qilishlaricha, bir sahrolik arab Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning oldilariga kelib:
– Qaramog‘imda etimlar bor. Ularning tuyalari bor, mening esa bittagina tuyam bor, xolos. Men o‘z tuyamning sutidan kambag‘allarga berib turaman. Etimlarning tuyalari sutidan menga nima halol bo‘ladi? – deb so‘radi. Abdulloh ibn Abbos:
– Agar yo‘qolganda topib kelsang, qo‘tiriga qarasang, hovuzini tuzatib tursang va ularni boqayotgan bo‘lsang, nasliga zarar keltirmay, sutidan ich. Ammo ularni sog‘ib olishingdan qaytaraman, – dedilar.
Shu ta’limotlardan kelib chiqib, otaliqqa olgan odam etimning molidan muhtoj bo‘lganda hojatini qoplaguncha esa bo‘ladi, deyiladi.
Oyatning so‘ngida yana bir nozik, zaruriy hukm bayon etilgan:
«Mollarini o‘zlariga qaytarganingizda ularga guvohlar keltiring».
Mol oldi-berdisi juda ham nozik ish. Unda birovning haqqiga xiyonat bo‘lishi ehtimoli kuchli. Shuning uchun ham Islomda bunday ishlarni hujjat-dalil bilan, adolatli guvohlar ishtirokida amalga oshirish ta’kidlanadi. Shunday qilinsa, birovning haqqiga xiyonat ehtimoli yo‘qoladi, biror kelishmovchilik chiqsa ham, guvohlar haqiqatni (adolatni) o‘rnatishda yordam beradilar.
Oyatning so‘ngida
«Hisob qiluvchilikka Allohning O‘zi kifoya qilur» jumlasining kelishi esa bu ishlarda doimo Allohdan qo‘rqib turish lozimligini uqdiradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 19:48 | Savol-javoblar | 172 | Aqiyda