Shariatga muvofiqmi?
Assalamu alaykum! Hozirgi kunda savdo do‘konlarida, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, savdo rastalarida, ishlarning rivojlanishi uchun qandaydir amallar qilish ko‘paymokda. Ya’ni bir mulla odamni o‘sha erlarda ish rivojlanishi kerak bo‘lsa olib borib, u mulla nimalarnidir o‘qib, o‘sha joyga sepish uchun maxsus dam suv tayyorlab berarmish va duo qog‘ozlar ham yozib berarmish va ho kazo. Shunday amallar shariatda bormi? To‘g‘ri yo‘l qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘rsatma berilmagan va qaysi o‘rinda qanday duo qilish kerakligi aytilmagan o‘rinlar qolmagan. Hadislar zaxirasiga nazar solinsa biror holat yo‘qki Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilinmagan duosi bo‘lmasa. Agar siz aytayotgan inson Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan duoni o‘qisa, yoki o‘qishni ta’lim bersa unga shar’an hech qanday mone’lik yo‘q. Lekin aslini oladigan bo‘lsa, o‘sha sunnat bo‘lgan duolarni har kim o‘zi o‘rganib o‘qishi maqsadga muvofiqdir. Kimlarnidir olib kelib, bu ishlarni qildirishi shunday savollarni tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bunday qilmaslik afzaldir. Vallohu a’lam.
3 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar