Hurmat va odob

Assalomu alaykum! Men maktab o‘quvchisiman. Men hijob o‘raganligim tufayli maktabga ham hijob o‘rab boraman. Bu esa zam direktor, sinf rahbarim va ba’zi o‘qituvchilarga yoqmaydi. Ular menga:" Yuqoridan buyruq bo‘lgan, maktab hududida diniy liboslar kiyish va bosh kiyimda kelish taqiqlanadi. Hijobingni jag‘ingdan emas, bo‘yningni orqasidan o‘ragin yoki maktabda hijobingni echib qo‘yib, o‘rniga sharf o‘ra"-, deyishadi. Men buni noto‘g‘ri deb hisoblaganim uchun ularning aytganini qilmayman. Tabiiyki ular menga yomon munosabatda bo‘lishadi.(dunyoqarashim ularnikidan tubdan farq qilgani uchun ham) Men ham ular menga qanday munosabatda bo‘lishsa shunday munosabatda bo‘laman."Mo‘minalar" jurnalida o‘qigandim: ustozlar bilan muomalada ularning ko‘ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollariga javob qaytarish, aytganlarini so‘zsiz bajarish, hizmatlariga shay turish ham yarashiqli odobdir.- deb yozilgan edi. Endi menga aytingchi bu ishlarim hurmatsizlik va odobsizlikmi? Gunoh ish emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi qilgan muomalasiga yarasha muomala qilish joiz bo‘lsa ham, siz yaxshi muomala qilishga harakat qiling. Chunki Islom dini go‘zal xulq dinidir. Musulmon kishi imkon darajasida shu xulq bilan xulqlanish kerak. Bu o‘z o‘rnida ularning ham dinga munosabatini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Siz ular bilan bahslashmang. Indamasdan Allohga itoat qilib, go‘zal muomala qilib yuravering. Muhimi o‘quvchilaringizga ham ana shu axloqlarni etkazing. Vazifangizni sidqidildan ado qiling. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar