Zakladni qaytaramanmi?

Assalomu alaykum! Men 75.000ga uyimni bir insonga sotishga kelishdik va uy uchun undan 2000 oldindan to‘lov, ya’ni zaklad sifatida oldim. Pulning qolgan qismini 1 yarim oy ichida berishga kelishdik. (Zakladni olmasdan oldin unga qarzim borligi, bergan pulini qarzimga berishimni aytganman). Muddati kelgach u menga uyni ololmasligini har xil vajlar bilan tushuntirdi. Men unga 2000ni ishlatganimni va uyni sotganimdan keyin qaytara olishimni aytdim. Oradan kunlar o‘tgach uyni 3000 ziyoniga, ya’ni 72.000ga boshqa insonga sotdim. Savolim shuki ziyon qilgan bo‘lsa xam u kishidan olgan zakladni to‘liqligicha qaytarishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, to‘la qaytarilishi kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar