Kursdoshlar to‘yonasi

Assalomu alaykum! Biz oliygohda 4-kurs talabasimiz, ko‘pchilik qizlarimizga to‘y bo‘lgan va talaba bo‘lmasdan avval turmushga chiqqanlarimiz ham bor. Bundan tashqari hali turmushga chiqmagan qizlarimiz ham bor. Birinchi to‘y bo‘lgan qizimizga to‘yiga 8 kishi borgan bo‘lsa ham hamma 19ta qizdan to‘yonasiga 10 ming so‘mdan yig‘ganmiz. Keyingi to‘ylar ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelib faqat borganlardan yig‘ildi. Oxirgi ikki to‘yda 3-4 kishi borib umuman yig‘ilmadi. Hammani to‘yiga borgan va 10 ming dan bergan hali turmushga chiqmagan qizlar endi bizni to‘yimizga hechkim bormaydimi deb, hafa bo‘lishdi. Bu albatta pul yig‘ilmaydi degani. Chunki turmushga chiqqanlar endi homilador farzandli to‘yga ruxsat tegmasligi aniq. Shuning uchun biz xuddi kassadek to‘yi o‘qish vaqtida bo‘lganlardan bormay bermaganlardan yig‘ib kamini to‘ldirib chiqdik, endi navbat to‘yi talabalikdan avval bo‘lgan va hali to‘yi bo‘lmaganlarga keldi. Shu ishimiz to‘g‘rimi, avval to‘yi bo‘lganlar dasturxon solmaydi, bu oladigan pullarimiz halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bersanglar hadya deb beringlar. Keyin sizlarga ham biror narsa berishini kutmanglar. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar