O‘g‘riga jazo

Assalamu alaykum! Bir akamizning iltimosi bilan sizlarga savol yo‘llayapman. Ular Rossiyada bir kvartirada uch xo‘jalik bo‘lib istiqomat qilishadi. Hammasi ishlaydi, faqat kichik kelin bekor. Aytishicha bir yildan buyon oziq-ovqatlariga o‘g‘irlik qilinar ekan. “Ammo kimligini bilmasdik” deydi. Xo‘jaliklar maslahatlashib o‘g‘rilikni to‘xtatishni kelishishgan. O‘g‘rilik esa davom etgan. Ular yashirin kamera qo‘yib o‘g‘rini kimligini bilishgan. Akamiz “o‘g‘ri qarindoshim, qanday jazo yoki chora ko‘rsam, o‘g‘ridan tashqari qarindoshlar ziyon ko‘rmasligini istaymiz” deydi. Yordamlaringizga muhtojligini aytdi. Uzr qisqa qilolmadim.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nasihat qilinglar, nasihatga ko‘nmasa qilgan ishini oshkor qilinglar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar