Bu shirkmasmi

Assalomu alaykum! Bizni qishloqni yonidan bitta ariq o‘tgan 10-15yil avval shu ariqqa yoz faslida odamlar cho‘kib olamdan o‘tar edi. Kimdir bu erga qon chiqarish kerak deb shu ariqni yoniga qishloq axlidan pul yig‘ib jonliq olib so‘yib, domla chaqirib Qur’on tilovat qildirib shu ariq yonida shu jonliqni ovqat qilib erdilar(xatto jonliq so‘yganda qonini shu ariqqa oqizib xam yuborgan ekan). Allohdan boshqa uchun narsa atab qilingan narsa shirk deyilgan ekan. Ilmim kam, bu narsalarni tushuntirib berolmayman qishlog‘imiz imomi naxotki shu narsalarni bilmaydi. Agar shu so‘yiladigan jonliqni falokatlardan asrash uchun Alloh uchun deb so‘yib ovqat tayorlab eyish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qilgan ishlari shariatimizda yo‘qligi aniq. Shirk yoki shirkmasligi niyatga bog‘liq bo‘ladi. Allohdan boshqaga atab so‘yilgan jonliq halolmasligi haqida fikringiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar